Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

Rus tili va adabiyoti” kafedrasi Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat 2-qavat 203-xonasida joylashgan. Kafedra 2024-yil sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy tillarni, ayniqsa rus tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish metodikasini o‘rgatishga ixtisoslashgan. Kafedra qisqa vaqt ichida o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirib, ilmiy va akademik jamoa sifatida shakllandi.

Asosiy vazifalari va yo’nalishlari

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xorijiy tillarni, xususan rus tili o‘qitish metodikasini chuqur o‘rgatish;
     
  • O‘quvchilarning nutq malakalarini baholash va rivojlantirish;
     
  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va targ‘ib qilish;
     
  • Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqish;
     
  • Zamonaviy xalqaro standartlarga mos baholash tizimlarini joriy etish;
     
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va amaliyot bilan integratsiyalash.

Ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa yutuqlari

Kafedrada jami 24 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan barchasi asosiy shtat o‘qituvchilari hisoblanadi. Shuningdek, 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar PhD darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar va 13 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra o‘qituvchilari quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradilar:

Rus tili statistikasi, Hozirgi rus tili tilshunoslik asoslari, Rus adabiyoti tarixi, Mutaxassislikka kirish, Rus tili praktikumi, Amaliy o'zbek (rus) tili. O'zbek tilining sohada qo'llanilishi, O‘zbek (rus tili), Amaliy o‘zbek (rus) tili, Hozirgi rus tili so'z turkumlari va morfologiyasi, Rus adabiyoti tarixi, Chet el adabiyoti tarixi, Ifodali o'qish praktikumi, XX asrning ikkinchi yarmi rus dramaturgiyasi, Zamonaviy rus adabiyoti fentezi janri, Umumiy tilshunoslik, Rus tilini o'rganishda an'anaviy va innovatsion texnologiyalar, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Nutq madaniyati, Epik janrlarning nazariyasi va amaliyoti, Chet el adabiyoti tarixi, Kognitiv lingvistika, Germenevtika: matn talqinlari nazariyasi va amaliyoti, Chet el adabiyoti tarixi, Rus tili stilistikasi, Rus tili o'qish metodikasi, Qiyosiy tipologiya, Malakaviy amaliyot, Rus tili stilistikasi va adabiy matnning lingvistik tahlili, Rus tili praktikumi (Orfografiya bo'limi), O'zbekistonning rusiyzabon she'riyati, Lingvomadaniyatshunoslik asoslari, Badiy ijod psixologiyasi, XX asr boshlarida rus Sharq she'riyati, Hozirgi rus tilida faol jarayonlar, XX asr oxiri XXI asr boshinig adabiy yo'nalishlari.

Kafedra mudiri – filologiya fanlari bo`yicha nomzod Nigmatova gulnoz Xamidovna  bo‘lib, u o‘zining chuqur ilmiy salohiyati, tashkiliy qobiliyati va innovatsion yondashuvlari bilan qisqa muddatda kafedrani institutdagi eng faol va nufuzli bo‘linmalardan biriga aylantira oldi. Ularning rahbarligida kafedrada xalqaro ilmiy hamkorliklar kengaytirildi, xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar yo‘lga qo‘yildi.

So‘nggi yangiliklar va tadbirlar

  • 2025-yil boshida xalqaro mehmon professorlar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
     
  • Kafedra tomonidan ilmiy-uslubiy to‘garaklar, ochiq darslar va ustoz-shogird anjumanlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
     

Talabalarning rus tilidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida online platformalar bilan integratsiya yo‘lga qo‘yilgan.