“ Ingliz tili va adabiyoti ” kafedrasi Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi 3-qavat 305-xonasida joylashgan. Kafedra 2024-yil sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilini asosan ingliz tilining nazariy va amaliy jihatlari hamda ingliz (va jahon) adabiyotini o‘qitishga ixtisoslashgan. Bu qisqa davr ichida kafedrada juda ko‘plab yetuk olim va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedralar orasida eng ilg‘or va ilmiy darajasi yetuk professor va o‘qituvchilar ish olib bormoqda.
Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
Kafedarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalari va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish;
talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli baholash;
kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;
kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa yutuqlari
Kafedrada jami 31 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan 20 nafari asosiy shtat o‘qituvchilari hisoblanadi. Shuningdek, 4 nafar PhD darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar va 6 nafar doktorant ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedra o‘qituvchilari quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradilar:
Kafedra mudiri – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xamdamova Gulshan Xamrayevna bo‘lib, u o‘zining chuqur ilmiy salohiyati, tashkiliy qobiliyati va innovatsion yondashuvlari bilan qisqa muddatda kafedrani institutdagi eng faol va nufuzli bo‘linmalardan biriga aylantira oldi. Ularning rahbarligida kafedrada xalqaro ilmiy hamkorliklar kengaytirildi, xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi misol tariqasida, kafedra mudiri Xamdamova Gulshan Xamrayevna hamda o‘qituvchi Qurbonov Sanjar Soliyevich Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “International Forum on the Modernisation of English Language Education” doirasidagi Milliy forumda ishtirok etdilar.
So‘nggi yangiliklar va tadbirlar