Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi 1-qavat 206-xonasida joylashgan. Bo‘lim 2021-yildan boshlab o‘z faoliyatini olib bormoqda va quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 585-son qarori ijrosini ta’minlash Nogironligi bo‘lgan talabalarni ruyxatini shakllantirish va bu borada qabul qilingan PQ va VM qarorlari asosida ishni tashkil qiladsi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirlikdan keladigan topshiriqlar (og‘izaki, bayon va bandlari, ko‘rsatma xat, buyruq va h.k.)ni bajaradi. Institutning yoshlar bilan ishlar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, jamoat tashkilotlari (professor-o‘qituvchilar va xodimlar kasaba uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar, kafedralar qoshida ochilgan klublar, sport klubi, TTJ faoliyati, tarbiyachi-pedagok, psixolog, matbuot xizmati, Ijara xonadonlarining o‘rganilishi, va h.k.) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Yoshlar bilan bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar og‘izaki yozma topshiriqlar berib boradi va ularning faoliyati to‘g‘risida rektor va prorektorga axborot kiritib boradi. Davomat, tartib- intizom, odob-axloq qoidalariga roiya qilinishini nazorat qiladi. Ichki turizm va tashqi turizm bo‘yicha ma’lumotlarni fakultetlar kesimida tayyorlaydi.
Yoshlar bilan bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish oylik, choraklik, yarim yillik va yillik ish rejalarni bajarilish va hisobotlar foto yozma hisobot shaklini yo‘lga qo‘yish. SHuningdek hisobotlar chiqarilgan va aloxida yig‘ma jild qilib boradi. “Talbalar turar joyida” madaniy – ma’rifiy, sport tadbirlarini va to‘garaklarini tashkil qilish har kunlik “Kafedra kunlari”ni yuqori saviyada tashkil qiladi va nazoart qiladi.
Institutda Islohotlar bilimdoni tanlovi, Yil talabasi tanlovi, Kitob mening do‘stim tanlovi, Ma’rifat maydoni tanlovi, Ilhom mukofoti tanlovi, Talabalar teatr studiyalari tanlovi, Quvnoqlar va zukkolar (QVZ) tanlovi, Vazirlik tomonidan buyruq va xat asosida yuboriladigan bir marotaba o‘tkaziladigan turli tanlovlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.
Rahbariyat va Bo‘lim tashabbusi bilan tashkil etiladigan tanlovlar “Besh tashabbus” doirasidagi hamda Ma’naviy –ma’rifiy, sport to‘garaklarni tashkil etadi va faoliyatini nazoart qiladi.
Ijtimoiy himoya reestrida turuvchi talabalarni (Boquvchisini yo‘qotgan talabalar (chin, chala etim)) fakultetlar kesimida ro‘yxatini shakllantiradi, bu borada qabul kilingan PQ, VM qarorlari, Vazirlikning buyruq va ko‘rsatmalari bo‘yicha ish olib boradi.
Institutda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasb bayramlari, ommaviy siyosiy tadbirlari yuqori saviyada tashkil qiladi va o‘tkazadi. Bunda barcha tashkiliy masalalarni (chora-tadbir, buyruq, reja-jadval, bayonnoma, malumotnoma) tayyorlaydi.
Profilaktika (jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik) IIB,Prokuratura, Mliiy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik yuzasidan takliflar tayyorlaydi.