Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI HAQIDA

Oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni yuksak darajada ko‘tarish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishdek vazifalar yuklatilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi pedagog jamoasining faoliyati alohida ahamiyatga egadir.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2022-2023 o‘quv yilida yilda Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti negizida tashkil etilgan. Kafedraga 2022-2023 yillarda Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Hakimov Xurshid Nozimovich rahbarlik qilgan.

Kafedraga 2023-yilida Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Muxiddinova Nigora Mexriddinovna rahbarlik qilgan.

Kafedraga 2023-2024 o‘quv yili boshidan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Djurayeva Maxasti Zokir qizi rahbarlik qilgan.

Kafedraga 2024-2025 o‘quv yili boshidan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor Saidov Izzatillo Istamovich rahbarlik qilgan.

Kafedraga 2025-2026 o‘quv yilida dotsent Azimov Laziz Axrorovich rahbarlik qilib kelmoqda.

 Kafedrada hozirgi vaqtda 9 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,  4 nafar dotsent, 1 nafar professor 6 nafar o‘qituvchilar o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda. 2022-yildan hozirgi kungacha kafedradan 1 nafar fan doktori, 2 nafar dotsent, 1 nafar professor unvonlari himoya qildi va taqdirlandi.  Professor-o‘qituvchilar tomonidan 15 dan ortiq darslik, 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va 10 yaqin managrafya 2025 yilning shu vaqtiga qadar nashrdan chiqarilgan. Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi vaqtda 42.8% ni tashkil etadi.

Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishmoqda.

Balakavr ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60112200-Jismoniy madaniyat;
  • 60112200-Jismoniy madaniyat(shu jumladan, xotin-qizlar sporti);
  • 60111900-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport;

Magistratura mutaxassisligi:

  • 70112201- Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

Kafedra faoliyatining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:

  • Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya, hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish metodikasini takomillashtirish;
  • Sport turlari bo‘yicha yosh sportchilarni mashg‘ulot jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish metodikasini takomillashtirish.

Kafedra huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy, fan va sport to‘garaklari:

  • Kurash;
  • Belbog`li kurash;
  • Dzyudo kurashi;
  • Shashka;
  • Gimnastika;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:

 bakalavriat:

  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi;
  • Bolalar jismoniy tarbiyasi;
  • Adaptiv jismoniy tarbiya;
  • Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi;
  • Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi;
  • Suzishni o‘qitish nazariyasi va metodikasi;
  • Sport psixologiyasi;
  • Maktabgacha boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va soprt;
  • Shaxmatni o'qitish nazariyasi va amaliyoti;
  • Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi;
  • Sport bayramlari;
  • Sport menijmenti;

Magistratura:

  • Sport bayramlari;
  • Sport pedagogikasi;
  • Sport menejmenti;
  • Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish;
  • Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy faolyatni tashkil qilish;
  • Jismoniy madaniyat bakalavir jarayonida o`quv jarayonini tashkil qilish;
  • Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi;