JISMONIY MADANIYAT fakulteti haqida | Buxoro davlat pedagogika instituti
Fakultetning umumiy tavsifi
Fakultet Buxoro davlat pedagogika instituti (BuxDPI) tarkibidagi yetakchi ta’lim bo‘linmalaridan biri bo‘lib, zamonaviy pedagogic ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet faoliyati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda institute ustavi asosida tashkil etilgan.
Fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogic texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan.
Ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari
Bugungi kunda fakultetda:
II ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, (60112200 – Jismoniy madaniyat va 60111900-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport)
I ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. (70112201- Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi)
Ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
O‘quv jarayoni davlat ta’lim standartlari asosida olib borilib, fan dasturlari muntazam ravishda yangilanadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Fakultetda jami 43 nafar professor-o‘qituvchifaoliyatyuritadi. Jumladan:
Professor-o‘qituvchilarning 51,1 foizi ilmiy darajaga ega bo‘lib, bu fakultetning yuqori ilmiy va pedagogic salohiyatini ko‘rsatadi.
Talabalar kontingenti va statistic ko‘rsatkichlar
Fakultetda jami 1126 nafar talaba tahsil olmoqda:
Har yili fakultet talabalarining 100 dan ortig‘i respublika va xalqaro fan olimpiadalari, ilmiy konferensiyalar hamda tanlovlarda faol ishtirok etadi. Jumladan 255 nafar talaba viloyat, Respublika, Osiyo, Jahon miqiyosidagi sport musobaqalarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlari tizimli ravishda olib boriladi. So‘nggi X yil davomida:
Shuningdek, fakultetda 6 ta ilmiy, 15 ta sport to‘garak faoliyat yuritib, ularga 250 dan ortiq talaba jalb qilingan.
Bitiruvchilar va bandlik ko‘rsatkichlari
Fakultet bitiruvchilari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar hisoblanadi. Oxirgi uch yil davomida bitiruvchilarning 92 foizi mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashgan.
Bitiruvchilar umumta’lim maktablari, sport maktablari, BO‘SM, IBO‘ZSM, akademik litseylar, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda davlat va nodavlat tashkilotlarida samarali faoliyat olib bormoqda.
Xalqarohamkorlik
Fakultet xalqaro ta’lim maydoniga integratsiyalashuvga alohida e’tibor qaratadi. Hozirda 3 ta xorijiy oily ta’lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.
Fakultet Buxoro davlat pedagogika institutida sifatli ta’lim, ilmiy izlanishlar va malakali pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlovchi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Fakultet faoliyati doimiy ravishda takomillashtirib borilib, zamonaviy ta’lim talablariga moslashtirilmoqda.