JISMONIY TARBIYA VA SPORT KAFEDRASI HAQIDA
Oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni yuksak darajada ko‘tarish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishdek vazifalar yuklatilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi pedagog jamoasining faoliyati alohida ahamiyatga egadir.
Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi 2022-2023 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti negizida tashkil etilgan. Kafedraga 2022-2023 yillarda dotsent Ibragimov Alisher Karamatovich rahbarlik qilgan.
Kafedraga 2023-2024 o‘quv yili boshidan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor Saidov Izzatillo Istamovich rahbarlik qilgan.
Kafedraga 2024-2025 o‘quv yilida Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Ibragimov Manuchexr Baxtiyorovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada hozirgi vaqtda 1 nafar pedagogika fanlari doktori(DSc), professor, 4 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), 4 nafar dotsent, 9 nafar o‘qituvchilar o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda. 2022-2023 yillar davomida kafedradan 1 nafar fan doktori, 2 nafar dotsent, 10 dan ortiq sport o‘yinlari turlari bo‘yicha sport ustaligiga nomzod va sport ustalari tayyorlandi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 15 dan ortiq darslik, 14 dan ortiq o‘quv qo‘llanma 2025 yilning shu vaqtiga qadar nashrdan chiqarilgan. Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi vaqtda 30% ni tashkil etadi.
Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishmoqda.
Balakavr ta’lim yo‘nalishlari:
Magistratura mutaxassisligi:
Kafedra faoliyatining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:
Kafedra huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy, fan va sport to‘garaklari:
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
bakalavriat:
Magistratura: