Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Psixologiya kafedrasi

Psixologiya kafedrasi

 Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi o‘z faoliyatini 2024 yilda boshlagan bo‘lib, kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan, 9 nafar o‘qituvchilar ilmiy darajaga ega bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 72% ni tashkil etadi. 2024-2025 o‘quv yilida J.Sh.Ostonov, G.T.Yadgarova va J.Dj.Ramazonovlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya hamda Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni taqdim etildi.

Kafedra o‘qituvchilari S.I. Ag‘amurodov, Sh.R. Axmadov, J.T. Nozimov va Sh.Sh. Boboyorovlar ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli olib bormoqdalar. S.Agamurodov Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminar himoyaga tavsiya etgan.

Qisqa vaqt davomida mazkur kafedrada bir qator ilmiy, o‘quv-uslubiy va ijodiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedrada o‘quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, J.Sh.Ostonov, G.T.Yadgarova, J.Dj.Ramazonov, G.Z.Rajabova, Sh.R. Axmadov, A.A.Sobirov  va boshqalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan yigirmaga yaqin darslik, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar chop etilib, dars jarayonida foydalanib kelinmoqda.

Kafedrada ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hamkorlik doirasida kafedra o‘qituvchilari bir qator ilmiy, amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

2024 dekabr oyida kafedra dotsentlari G.T.Yadgarova Rossiya Federatsiyasining Rossiya birinchi prezidenti B.N.Elsin nomidagi Ural federal universitetida “Цифровая педагогика и психология” mavzusida malaka oshirib qaytdilar.

 Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari:

70310301-Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistr va 60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

2025 yilda 70310301-Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar magistr talaba qabul qilindi.

2024 yilda 60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 29 nafar talaba qabul qilindi.

2025 yilda 60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar talaba qabul qilindi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:

Kafedrada, asosan, ijtimoiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi va pedagogik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra a’zolari 150 dan ortiq ilmiy maqolalar xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida chop etdilar. Kafedrada 10 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Hozirgi kunda talabalarning 10 ga yaqin ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.

 

Kafedraning asosiy maqsadi

Yosh pedagog kadrlarga o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish, katta tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo‘nalishi bo‘yicha mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o‘rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo‘lgan xonalar, laboratoriyalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.

Psixologiya kafedrasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 490-sonli buyrug’iga asosan 2025 yilning 22 aprelida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkil qilinishi O‘zbekiston 2030 strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarning bajarilish, hamda yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishi uchun yangi bir qadam bo‘ladi. Anjumanning maqsadi zamonaviy psixologiyada ilm-fan va innovatsiyalarning rivojlanishi natijasida inson hayoti uchun muhim o‘rinda turuvchi muammolarni tadbiq etish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Anjumanda nafaqat respublikaning soha olimlari, balki xorij davlatlari, jumladan, Berlin va Xitoy davlatlaridan ham psixologiya yo‘nalishida ko‘p yillik tajribaga ega olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.