“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Buxoro davlat pedagogika instituti j ismoniy madaniyat binosi 3-qavat 304-xonasida joylashgan. Kafedra 2024-yil sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘rgatishga ixtisoslashgan. Kafedra qisqa vaqt ichida o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirib, ilmiy va akademik jamoa sifatida shakllandi.
Asosiy vazifalari va yo’nalishlari
Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa yutuqlari
Kafedrada jami 30 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan 25 nafari asosiy shtat o‘qituvchilari hisoblanadi. Shuningdek, 7 nafar professor, 7 nafar PhD darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar va 2 nafar doktorant ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedra o‘qituvchilari quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradilar:
Amaliy o‘zbek (rus) tili. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi, Amaliy o‘zbek (rus) tili. Davlat tilida ish yuritish, Ifodali o‘qish praktikumi, O‘qituvchi nutqi madaniyati va Davlat tilida ish yuritish, Tilshunoslik asoslari, Adabiyotshunoslik asoslari, O‘zbek folklori, Hozirgi o‘zbek adabiy tili, O‘zbek adabiyoti, Jahon adabiyoti, Eski o‘zbek yozuvi, O‘zbek dialektologiyasi, Ona tilini o‘qitish metodikasi, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, Sotsiolingvistika, Adabiyotshunoslik nazariyasi, Navoiyshunoslik, O‘zbek tili stilistikasi, O‘zbek tili tarixi, Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti, Turkiy tillar qiyosiy tarixiy grammatikasi, O‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari,Badiiy matnning badiiy-estetik tahlili, O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi, Ifodali o‘qish va nutq madaniyati, Tilshunoslik nazariyasi, Davlat tilida ish yuritish, Matn lingvistikasi, O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi, Badiiy matnning badiiy-estetik tahlili, Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari, O‘zbek bolalar adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon.
So‘nggi yangiliklar va tadbirlar
Talabalarning ingliz tilidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida online platformalar bilan integratsiya yo‘lga qo‘yilgan.