Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Кафедра химии

Кафедра химии

ERGASHOV MANSUR YARASHOVICH
Professor

ERGASHOV MANSUR YARASHOVICH

Tug‘ilgan yili va joyi: 06.08.1960 y., Buxoro viloyati Jondor tumani. Diplomlari bo‘yicha ma'lumot: Bakalavriat: Magistratura (yoki 5 yillik mutaxassislik): 1982 yil, BDPI. Fan nomzodi (sohasi va dissertasiya mavzusi bilan): 02.00.03 – Organik kimyo, dissertasiya mavzusi: Oligoarilenfosfonitlar va ular metallokomplekslarining sintezi hamda xossalari; himoya sanasi: 12.04.1993 y.; ilmiy rahbar: professor E.E.Nifant'ev Dosent ilmiy unvoni: 02.00.03 – Organik kimyo, 2000. Professor ilmiy unvoni: 02.00.03 – Organik kimyo, 2021. Ilmiy-uslubiy faoliyati: Ilmiy ishlarining umumiy soni: 150 dan ortiq. Scopus xalqaro ma'lumotlar bazasi bo‘yicha: maqolalar soni: 2ta; Xirsh indeksi 1; Iqtibosliklar soni: 39 ta. Google Scholar xalqaro ma'lumotlar bazasi bo‘yicha: maqolalar soni: 53 ta; Xirsh indeksi 6; Iqtibosliklar soni: 99 ta. Darsliklar soni: 5 ta; O‘quv qo‘llanmalar soni: 8 ta, monografiyalar soni: 3 ta. Xorijiy OTM va ITIlarga ilmiy xizmat safarlari: • 1988-1993yy- Rossiya, MDU, MDPU; • 2016 yil dekabr', Rossiya, MDU, MDPU; • 2018 yil noyabr', Rossiya, MDU, QFU; • 2025 yil may-iyun', Qozog‘iston, Qozog‘iston Milliy universiteti Tanlovlarda ishtiroki: 2014 yil, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta'limi vazirliklari hamda “Iste'dod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti” 2014 yilgi respublika tanlovida “Organik kimyo” o‘quv qo‘llanmasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi (I darajali diplom qayd raqami 027, 2014y ). Xalqaro va mahalliy davlat grantlarida ishtiroki: 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “OT-A12-46-Mahalliy xom-ashyolar asosida metanni oksikondensatlash reaksiyasi uchun katalizatorlar yaratish, tadqiq etish va jarayonni maqbullashtirish”mavzusidagi grant loyihasi a'zosi;

+998 94 242 60 06 ergashov.buxdpi@gmail.com

Подробнее

KIMYO KAFEDRASI

Kimyo kafedrasi 2024-yil 4-sentabrdan boshlab “Tabiiy fanlar” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi kunda 10 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafar o‘qituvchi esa tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyati 44,5 foizni tashkil etib, asosiy shtatdagi 9 nafar professor-o‘qituvchining 4 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega yetuk mutaxassislardir.

2025/2026-o‘quv yilida kafedrada:

  • Kimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — 224 nafar talaba,

  • Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi bo‘yicha — 19 nafar magistrant tahsil olmoqda.


Kafedraning asosiy vazifalari

Kimyo kafedrasi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

  • zamonaviy kimyo fanini o‘qitishning ilg‘or va innovatsion uslublarini joriy etish;

  • kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibini tahlil qilish hamda miqdoriy o‘lchash usullarini o‘rgatish;

  • talabalarda kimyo nazariyasi va amaliyotini pedagogik faoliyatda samarali qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish;

  • zamonaviy xalqaro standartlarga mos baholash tizimlarini tatbiq etish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ularni amaliyot bilan uzviy integratsiyalash.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat bosqichi:

  • Kimyo tarixi

  • Noorganik kimyo

  • Organik kimyo

  • Fizik kimyo

  • Kolloid kimyo

  • Analitik kimyo

  • Kompleks birikmalar kimyosi

  • Bioorganik kimyo

  • Bionoorganik kimyo

  • Kimyo o‘qitish metodikasi

  • Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar

  • Fizik tadqiqot usullari

  • Kimyoviy hisoblash

  • Kimyoda kompyuterli modellashtirish

  • Yuqori murakkablikdagi kimyoviy masalalar yechish uslubiyoti

  • Yashil kimyo

  • Kvant kimyosi

  • Kimyoviy texnologiya

  • Ekologik kimyo

Magistratura bosqichi:

  • Kimyodan masalalar yechish metodikasi I va II

  • Kimyoda raqamli texnologiyalardan foydalanish

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

  • Kimyoviy sintez

  • Xromatografik analiz

  • Zamonaviy polimerlar kimyosi

  • Analizning fizik tadqiqot usullari

  • Organik kimyoning nazariy asoslari


Kafedra rahbariyati

Kafedra mudiri — kimyo fanlari nomzodi, professor Ergashov Mansur Yarashovich. U o‘zining yuksak ilmiy salohiyati, kuchli tashkiliy qobiliyati va innovatsion yondashuvlari orqali qisqa vaqt ichida kafedrani institutning eng faol va nufuzli bo‘linmalaridan biriga aylantira oldi.

Uning rahbarligi ostida kafedrada xalqaro ilmiy hamkorliklar kengaytirilib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Milliy universiteti professori Bolat Uralbekov tashrifi doirasida hamkorlikdagi dars jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.


So‘nggi yangiliklar va tadbirlar

  • 2025/2026-o‘quv yili boshida respublika va xalqaro miqyosda “Kimyo o‘qitish metodikasining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar va tavsiyalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

  • Kafedra tomonidan ilmiy-uslubiy to‘garaklar, ochiq darslar hamda ustoz–shogird anjumanlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.