Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Xizmat ko'rsatish bo'limi

Xizmat ko'rsatish bo'limi

Xizmat ko'rsatish bo'limi

Ofis registratorning xizmat ko‘rsatish bo‘limi — bu oliy ta’lim muassasasida talabalar va professor-o‘qituvchilarga akademik hamda ma’muriy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etuvchi muhim bo‘lim hisoblanadi. Ushbu bo‘lim talabalarning o‘qish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha murojaatlarini qabul qiladi va belgilangan tartibda hal etadi.

Xizmat ko‘rsatish bo‘limi orqali talabalar o‘qishga qabul qilish, fanlarga ro‘yxatdan o‘tish, akademik ma’lumotnoma va transkript olish, buyruqlardan nusxa olish, akademik ta’tilga chiqish, ko‘chirish, qayta tiklash hamda bitiruv bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, bo‘lim professor-o‘qituvchilar va xodimlarga ham zarur akademik ma’lumotlarni taqdim etadi.

Bo‘lim faoliyati zamonaviy elektron axborot tizimlari asosida olib boriladi. Bu murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, hujjatlarni aniq rasmiylashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ofis registratorning xizmat ko‘rsatish bo‘limi talabalar va xodimlar uchun qulay, ochiq va samarali xizmat muhitini yaratadi.

Ofis registratorning xizmat ko‘rsatish bo‘limi funksiyalari:

  1. Talabalar murojaatlarini qabul qilish
    Talabalarning akademik va ma’muriy masalalar bo‘yicha ariza va so‘rovlarini qabul qilish.

  2. Akademik hujjatlarni rasmiylashtirish
    Transkript, akademik ma’lumotnoma, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash.

  3. Fanlarga ro‘yxatdan o‘tkazish
    Talabalarni fanlarga yozish, fanlarni almashtirish va ro‘yxatlarni shakllantirish.

  4. Akademik ta’til va ko‘chirish jarayonlari
    Akademik ta’tilga chiqish, boshqa OTMga yoki OTM ichida ko‘chirish hujjatlarini rasmiylashtirish.

  5. Qayta tiklash va o‘qish shaklini o‘zgartirish
    O‘qishni qayta tiklash, kunduzgi, sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish jarayonlarini yuritish.

  6. Buyruqlar bilan ishlash
    Talabalarga oid buyruqlarni tayyorlash, ro‘yxatga olish va e’lon qilish.

  7. Elektron axborot tizimlari bilan ishlash
    Talabalar ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish va yangilab borish.

  8. Maslahat va axborot berish
    Talabalar va xodimlarga akademik qoidalar va tartiblar bo‘yicha tushuntirishlar berish.

  9. Xizmatlar sifatini nazorat qilish
    Xizmatlar bajarilish muddatlari va sifatini monitoring qilish.

  10. Ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash
    Talabalarga oid ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini saqlash.