shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida “Turk dunyosi geograflari xalqaro III kongressi” o‘z ishini boshladi!

  • Главная
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Turk dunyosi geograflari xalqaro III kongressi” o‘z ishini boshladi!
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida “Turk dunyosi geograflari xalqaro III kongressi” o‘z ishini boshladi!

    Mazkur nufuzli xalqaro anjuman turkiy davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarni bir maydonga jamlab, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Kongress doirasida barqaror rivojlanish, global iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish kabi bugungi kunning eng dolzarb masalalari yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borilmoqda.

    Kongressni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng kongressda Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Hafiza Ortiqova Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning kongress mehmonlari va ishtirokchilariga yoʻllagan nutqini oʻqib eshittirdi.

    Barchangizni ushbu nufuzli xalqaro ilmiy anjumon jarayonlarini kuzatib borishga chorlaymiz! Yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun Buxoro davlat pedagogika institutining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatishda davom eting!