
2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna Bobur nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/02/02/274bd8e9-1cf6-8a29-1780-8c185fd504f2_media_.pdf).
Ushba yutuq o'quv jarayonidagi faol ishtiroki, ilmiy izlanishlarga bo'lgan doimiy e'tibori, aniq va tabiiy fanlar hamda pedagogika sohalarida erishgan muhim yutuqlari, bilim va kasbiy rivojlanishini muntazam ravishda rivojlantirayotganini namoyon etadi.
🎓 Talabaning ilmiy faoliyatiga tajribali ustoz Usmonov Ahror rahbarlik qilib kelmoqda. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli ko‘mak va amaliy yo‘naltirishlar stipendiya sohibasining ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👏 Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovnaning ushbu nufuzli yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz!

