Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti va Gazi universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatilmoqda

  • Главная
  • Buxoro davlat pedagogika instituti va Gazi universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatilmoqda
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti va Gazi universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatilmoqda

    Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov rasmiy tashrif bilan Gazi universitetida boʻldi. Delegatsiyani universitet rektori Uğur Ünal hamda boshqa mas’ullar kutib oldi. Gazi universitetida 43 ming talaba, 12 fakultet mavjud boʻlib, xalqaro QS reytingida 901-oʻrinda turadi. 

    Rektorlar oʻzaro uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda muhim kelishuvlarga erishdilar:
— yozgi va qishki maktablar tashkil etish;
— talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
— xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish;
— qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish; 
— universitet professor-oʻqituvchilarining ma’ruza va seminar darslarini tashkil qilish.

    Shuningdek, tomonlar hamkorlik memorandumini imzolash masalalarini ko‘rib chiqdi. Mazkur memorandum o‘qituvchilar uchun xalqaro stajirovkalar, ilmiy-metodik salohiyatni oshirish, qo‘shma maqolalar tayyorlashni nazarda tutadi.