Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

YUKSAK EʼTIROF VA MUNOSIB MUKOFOT

Event Image

YUKSAK EʼTIROF VA MUNOSIB MUKOFOT

   2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari orasida yana bir katta muvaffaqiyatga erishildi. Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Oʻktamov Isroil Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/02/02/7f90fa13-3613-f360-306e-e99ead33aafe_media_.pdf). 

    Ushbu nufuzli stipendiya talabaning sport va jismoniy tarbiya sohasidagi faolligi, ta’limdagi yuqori natijalari va erishgan yutuqlari e’tirofi sifatida taqdim etildi. Oʻktamov Isroilning ilmiy va amaliy faoliyatiga Azimov Laziz Axrorovich rahbarlik qilmoqda va uning qo‘llab-quvvatlashi bilan talaba nafaqat sportda, balki ta’lim va ilmiy ishlarida ham yuksak natijalarga erishmoqda.

👏 Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi Oʻktamovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida yangi marralarni zabt etishini tilaydi!