Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Ranglar orqali tarix: BuxDPIda navbatdagi ijodiy ko‘rgazma

  • Главная
  • Ranglar orqali tarix: BuxDPIda navbatdagi ijodiy ko‘rgazma
Event Image

Ranglar orqali tarix: BuxDPIda navbatdagi ijodiy ko‘rgazma

    `Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ijodiy ko‘rgazma san’at ixlosmandlari e’tiborini tortdi. Unda kafedraning 2-bosqich Tasviriy va amaliy san’at mutaxassisligi magistranti Xakimov Kamoliddin hamda 1-bosqich Tasviriy san’at mutaxassisligi magistranti G‘iyosova Mahliyoning ijod namunalari namoyish etildi.

💡 Ko‘rgazmada asosan moy bo‘yoqda tasvirlangan qadimiy Buxoro manzaralari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda shahar hayotining betakror manzaralari, tor ko‘chalari, tarixiy obidalari va sokin muhit sharqona ruh hamda ranglar uyg‘unligi orqali jonli aks ettirilgan. Asarlarda rang tanlovi, kompozitsion yechimlar hamda milliy an’analarga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.

✅ Mazkur ko‘rgazmani institut rektori B. Ma’murov hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ko‘zdan kechirdi. Rektor ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlar bilan yaqindan tanishib, yosh ijodkorlarning ijodiga yuqori baho berdi hamda ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    Har bir kartina tomoshabinni o‘tmishga sayohat qildirib, Buxoroning boy tarixiy merosi va milliy qadriyatlarini teran his etishga chorlaydi. Ushbu ijodiy ko‘rgazma san’at orqali tarixni anglash, estetik didni yuksaltirish hamda tasviriy san’at orqali milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.