
2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi O‘ktamova Ferangiz Shuhratovna Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/02/02/8c215690-00e0-6891-2d35-8e991453b8ec_media_.pdf).
Mazkur yuksak yutuq talabaning ta’lim jarayonidagi namunali faolligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi izchil izlanishlari, aniq va tabiiy fanlar hamda pedagogika yo‘nalishlarida erishgan salmoqli natijalari, shuningdek, tashabbuskorligi va mas’uliyatli yondashuvining yuksak e’tirofi sifatida baholanmoqda.
🎓 Talabaning ilmiy faoliyatiga tajribali ustoz, Jo‘rayeva Nargiza Oltinboyevna rahbarlik qilib kelmoqda. Ilmiy rahbar tomonidan berilayotgan amaliy va nazariy ko‘maklar stipendiya sohibasining ilmiy salohiyati yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.
👏 O‘ktamova Ferangiz Shuhratovnaning ushbu nufuzli yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz!

