Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

SHARIPOVA MAXBUBA BAXSHILLOYEVNA

team image

SHARIPOVA MAXBUBA BAXSHILLOYEVNA

Dotsent

Ish faoliyati: 19 yil. Pedagogik faoliyati: 19 yil. Millati: o'zbek. Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna 1984-yilning 4-oktyabrida Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1990–1999 yillar Buxoro tumani Abdulla Qodiriy nomidagi 36-umumta’lim maktabida, 1999–2001 yillarda Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabida tahsil oldi. 2001–2002 yillarda Buxoro davlat universiteti huzuridagi Mintaqa tillarni o‘rgatish bo‘limida ingliz tili kursida ingliz tilini puxta o‘rgandi. 2002–2006 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olgan. U 2006–2015 yillarda Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. Shu yillar oralig‘ida, ya’ni 2011–2013 yillarda Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti, Adabiyotshunoslik (o‘zbek) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomladi. 2015–2017 yillarda Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017–2024 yillarda Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi. 2024-yil va hozirda Buxoro davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna ma’naviy-ma’rifiy tadbir va ko‘rik tanlovlar, jamoat topshiriqlarini astoydil bajara olgani uchun u 50 dan ortiq tashakkurnoma va diplom, 30 dan ortiq faxriy yorliqlar sohibasi hamdir. U ayni paytda 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 3 ta monografiya, 30 dan ortiq ilmiy maqola, 50 dan ortiq tezislarni chop ettirgan. Uning ilmiy maqola va tezislari xorij va respublikaning qator ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan.

Номер телефона:
+998914130277
Электронная почта:
sharipova_maxbuba@buxdpi.uz
ORCID:
https://orcid.org/0000-0001-9023-1221
Google scholar:
Google scholar

Filologiya

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Dotsent

O'zbek folklori O'zbek adabiyoti O'zbek bolalar adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon O'zbek adabiyotining dolzarb masalalari

    1. Dotsent lavozim vazifalari: O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
    • Ishchi      rejalarning          bajarilishini            ta’minlaydi,          mutaxassislarning malakaviy talablarini ishlab chiqadi;
    • Maruza    matnlari,      fanlarning       ishchi   dasturlari       (silabus)      va   uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;
    • Har semestrda kamida bir marta ochiq ma’ruzalar o‘tadi;
    • O‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadi;
    • Amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi;
    • Talabalarning        bilimlarini           nazorat      qilishda       samarali       usullardan foydalanadi;
  • Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv

malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

    • Talabalarni o‘qitish jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori darajada olib boradi,ularning shaxsiy va mustaqil ishlarini tashkil etishni boshqaradi;
    • Dars beradigan fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
    • Dars beradigan fani bo‘yicha barcha mashg‘ulot turlarini sifatli olib borish masalasini muhokamasida ishtirok etadi;
    • Bitiruvchilarning          kelgusida       samarali        faoliyat       olib       borishlarini ta’minlovchi kompetentlikning asosiy tashkil etuvchilarini shakllantiradi;
    • Yosh professor-o‘qituvchilarga       pedagogik    mahorat    va   kasbiy    sifatlarni egallash borasida o‘z malakalarini oshirishida uslubiy va amaliy yordam beradi;
    • Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
    • O‘quv  jarayonining      ilm-fan,       ta’lim      va   ishlab     chiqarish   integratsiyasi doirasida olib borilishini ta’minlaydi;
    • Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan mehnat muhofazasi, shuningdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi.
    • Masofali ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va uni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritib boradi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli

ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;

 

Ilmiy ishlar bo‘yicha:

    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
    • Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, olingan natijalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etadi;
    • Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
    • Ekspert, ilmiy-texnika va ilmiy-pedagogik kengashlar ishida ishtirok etadi;
    • Kafedra (fakultet)yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, rahbarlik qiladi va olib boradi;
    • Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi va nazorat qiladi;
    • Iktidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustakil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish xisobiga mustakil tayyorlanish xajmini oshirish buyicha choralar ko‘rish;
    • Xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini o‘rganib borish;
    • Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr etadi.

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:

    • Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;
    • oliy       ta’lim       muassasasi      tomonidan      belgilangan       ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
    • Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
    • Institutning          jamoat     ishlarida       qatnashish    va   jamoat      topshiriklarini

bajarishni uz zimmasiga oladi;

    • Kafedra mudirining topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;
    • Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;

 

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Milliy mustaqillikning asoslari va tamoyillari;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’limga oid Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari;
  • Faoliyatga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
  • Oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari va ularga qo‘yilgan talablar;
  • O‘quv-tarbiyaviy ishlar va oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faolitni

modellashtirish yo‘llari;

  • O‘quv jarayoniga ta’limning pedagogik, axborot-kommunikatsion texnolgiyalari va texnik usullarini tadbiq qilish;
  • Yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish;
  • O‘quv dasturlarni unifikatsiyalashda uslubiy va tashkiliy ta’minlash;
  • Mexnat bozorini hisobga olgan holda, namunaviy dastur va ishchi rejani shakllantirish asoslari;
  • Rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minlash, talabalar bilimi,

ko‘nikmasi va malakasini baxolash tizimi, baxolashning kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi asoslari;

  • Ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlari tashkil etish texnolgiyasi;
  • Ta’lim va tarbiyada zamonaviy shakl va uslublar;
  • Normativ hujjatlar, ilmiy, pedagogik va oliy ta’lim muassasasi xodimlari mehnatlarini tartibga solish xususiyatlari;
  • O‘quv jarayonida me’yoriy asoslarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash usullarni tashkil qilish;
  • Etika va nutq madaniyati masalalari;
  • Chet tillarning birida muloqot qila olish;
  • Ma’muriy mexnatning qonunchilik asoslari;
  • Kompyuter va boshqa texnik uskunalarda ishlash talablari;
  • Mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.

Malaka talablari:

Dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan doktori (nomzodi)ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga, 4 yildan kam bo‘lmagan ilmiy pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi shart.

    • Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1

darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi