- O‘qituvchi PhD lavozim vazifalari:
O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
-
- Ta’lim beradigan fanidan yoki o‘quv mashg‘ulotining alohida turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
- O‘quv reja va o‘quv dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi;
- Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti va uy vazifalari bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari) ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
- Talabalarning mustaqil va individual ishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi;
- O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tadbiq etadi;
- Talabalarning laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarning bajarishini tekshiradi va nazorat qiladi;
- Kafedraning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
- Talabalar tomonidan uy vazifalarining bajarilishi, ularning o‘quv mashg‘ulotlari davomida mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi.
- Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va
tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
-
- O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli
ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;
•
Ilmiy ishlar bo‘yicha:
-
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
- Talabalarning ilmiy to‘garak ishlarini tashkil etadi va olib boradi.
- Iktidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustakil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish xisobiga mustakil tayyorlanish xajmini oshirish buyicha choralar ko‘radi;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
- Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:
- Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;
- Talabalar turar joyi va binolarda navbatchilik qiladi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
-
- Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
- Institutning jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriklarini
bajarishni uz zimmasiga oladi;
-
- Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;
Bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Milliy mustaqillikning asoslari va tamoyillari;
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’limga oid Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari;
- Faoliyatga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
- Oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari;
- Talabalarining bilim malaka va ko‘nikmalarni reyting nazoratlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘quv-uslubiy ta’minoti asoslari;
- Uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish texnologiyalari;
- Ta’lim va tarbiyaning zamonaviy shakl va usullari;
- O‘quv jarayonini tashkil etish asoslari;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish;
- Etika va nutq madaniyati masalalari;
- Chet tillardan birida muloqot qila olish;
- Intellektual mulkni rasmiylashtirish mexanizmlari ;
- Shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun zaruriy talablar;
- Mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
Malaka talablari:
O‘qituvchi lavozimi malaka talablari:magistr (diplomli mutaxassis) bitta va undan ortiq fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi, kamida 3 yillik pedagogik, tarbiyaviy va ijtimoiy sohada ish staji yoki fan nomzodi darajasi-2 yilgacha ish staji.
-
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib
chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;