Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

SOBIROVA SHAROFAT UMEDULAYEVNA

team image

SOBIROVA SHAROFAT UMEDULAYEVNA

Dotsent

Sobirova Sharofat Umedullayevna 1984-yil 3-aprelda Buxoro viloyati Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati – о‘zbek. 1999-yilda Buxoro shahar 10-umumta’lim maktabni, 1999-2001-yillarda Buxoro shahar 5-son kasb-hunar kollejini a’lo baholarda tamomlagan. 2001-2005-yillarda Buxoro davlat universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavr bosqichida, 2005-2007-yillar Buxoro davlat universiteti Tasviriy san’at mutaxasisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. Sobirova Sharofat Umedullayevna pedagogik faoliyatini 2007-2018-yillarda Buxoro davlat universiteti Chizma geometriya va chizmachilik kafedrasi о‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-2021 yillarda Buxoro davlat universitetining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida o‘z faoliyatini davom ettirgan. 2021-2022 yillarda Buxoro davlat universitetining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida o‘z faoliyatini olib bоrgan. 2023-yildan hozirgi kunga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Sobirova Sharofat Umedullayevna “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda konstruktiv loyihalash masalalardan foydalanish (Chizmachilik fani misolida)” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. U o‘z ilmiy faoliyati davomida 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi bo‘lib, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda, shuningdek, konferensiya materiallarida chop etilgan. Sobirova Sharofat Umedullayevna oilali, ikki nafar farzandi bor.

Номер телефона:
91-440-31-00
Электронная почта:
sharofatsobirova83@gmail.com
ORCID:
https://orcid.org/0000-0003-2680-1474
Google scholar:
Google scholar

tasviriy san'at

Ilmiy unvon: Dotsent

Chizma geometriya, Chizmachilik, Grafik tasvirlash asoslari

Dotsentning asosiy funksional vazifalari:

  • Oʻquv ishlari: Talabalarga ma'ruza o'qish, laboratoriya, amaliy va seminar darslarini yuqori saviyada o'tkazish, o'quv rejalariga muvofiq ta'lim jarayonini amalga oshirish.
  • Oʻquv-uslubiy ishlar: Darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari va o'quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari: Ilmiy maqolalar, tezislar va monografiyalar nashr etish, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
  • Talabalar bilan ishlash: Kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
  • Ma'naviy-ma'rifiy ishlar: Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tadbirlarda qatnashish.