Bo‘lim boshlig‘i
2017-2024 yy - Toshkent shahridagi Vestminster universiteti talabasi 2024-2025 yy - Buxoro davlat texnika universitetining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limida uslubchi. 2025y-hv – Buxoro davlat pedagogika instituining “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi boshlig‘i
iqtisodiyot va moliya
Iqtisod
Institutda qonunlar, Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qaror va buyruqlarini va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish va
monitoringini olib borish;
Me’yoriy hujjatlarning ijrosi va monitoring natijalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni tegishli vazirlikka o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish;
Xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, kelishuv va boshqa hujjatlarning loyihalarini
ishlab chiqish, hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash, institutning
turli xalqaro dasturlarda ishtirok etishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash;
Institutga grantlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, hamkor
institutlar bilan talabalar almashuvi dasturlarini amalga oshirishda ishtirok
etish;
institutda rasmiy delegatsiyalar bilan ish olib borish, xorijiy
mehmonlarning tashrif dasturini tuzish, ularni aeroportda kutib olish va
kuzatishni ta’minlash;
munozara va uchrashuvlarning protokollarni olib borish;
institutda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy mutaxassislarga kerakli shart-
sharoitlarni yaratib berish;
bo‘limning institut miqyosida olib boradigan kelasi yil ish rejasi
loyihasini ishlab chiqish;
institutda ta’lim oluvchi xorijiy talabalarni nazorat qilish;
Xorijiy tashkilotlardan keladigan xat, axborot ma’lumotlarini tarjima va
tahlili bilan shug‘ullanish;
Xatlar bilan ishlash, bo‘limining yozishmalariga doir ish yuritish jarayonini
to‘liq ravishda olib boradi, joriy hujjatlarni jo‘natadi va ro‘yxatga oladi;
Bo‘limga tegishli buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar loyihalarini
tayyorlaydi;
Bo‘lim boshlig‘i tomonidan topshirilgan boshqa ishlarni bajaradi.
Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro
intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari
(topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi
kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan
maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;