Katta o‘qituvchi lavozim vazifalari:
O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
- Dars beradigan fanidan o‘quv mashg‘ulotining turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
- O‘kuv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadi;
- Amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi, talabalar bilimini baholashning samarali usullarini qo‘llaydi;
- Mustaqil ishlar bo‘yicha talabalar bilimlarini nazorat qilishning samarali usullaridan foydalanadi;
- Dars jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori darajada olib boradi, talabalarning shaxsiy va mustaqil ishlarini tashkil etadi;
- O‘quv reja va o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlaydi;
- Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, mustaqil ta’lim va uy vazifalari, kurs ishlari (loyihalari)ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
- Talabalarning mustaqil ishi, individual va amaliy mashg‘ulotlari uchun topshiriqlar to‘plamini tuzadi;
- O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tadbiq etadi;
- Talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etishni ta’minlovchi kompetentlik (chuqur bilimga asoslanganlik)ni shakllantiradi;
- Kafedraning moddiy-texnik bazasining rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
- Talabalar tomonidan uy vazifalarini bajarilishi, ularning o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazishda mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilishi, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarining bajarishini tekshiradi va nazorat qiladi.
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;
Ilmiy ishlar bo‘yicha:
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
- Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnolgiyalarini ishlab chiqadi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi va nazorat qiladi;
- Ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini nashr etadi.
- Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:
- Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;
- talabalar turar joyi va binolarda navbatchilik qiladi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
- Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
- Institutning jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriklarini bajarishni uz zimmasiga oladi;
- Kafedra mudirining topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;
- Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;