Yuriskonsult
2002-2006 y. Toshkent Davlat yuridik institutining talabasi
2007-2008 y. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 2-toifali ish yurituvchi kotibi
2008-2010 y. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining sud majlisi kotibi
2010-2011 y. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining katta mutaxassisi
2011-2012 y. Fuqarolik ishlari Kogon tumanlararo sudining sud majlisi kotibi
2011-2012 y. Buxoro Davlat Universitetining o‘rindosh o‘qituvchisi
2012-2015 y. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi malaka hay'ati kotibi (xodimlar bilan ishlash bo‘limi) katta mutaxassisi
2015-2019 y. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi Qarshi tumanlararo sudi sud'yasi
2021-2021 y. Buxoro Davlat Universiteti yuriskonsul'ti
2021 yildan Buxoro davlat pedagogika instituti yuriskonsul'ti
huquq
Institutda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruq va boshqa normativ-hujjat loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, e'tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yish;
• Institutda qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta'minlash maqsadida huquqiy xulosalar taqdim etish;
• Institutning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish;
• Normativ-huquqiy xujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
• Shartnomalar (mehnat, xo‘jalik, jamoa) tuzishda ishtirok etish;
• Institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;
• Professor-o‘qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarga, shuningdek, talabalarga huquqiy maslahatlar berish;
• Institutning fakul'tet, kafedra va uning tarkibiy bo‘limlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda qatnashish;
• Institutda mehnat munosabatlariga oid ziddiyatlarni bartaraf etish hamda mehnat qonunchiligi talablari asosida hujjatlarni ishlab chiqish yohud ishlab chiqilishida ishtirok etish;
• Sudlarda va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
• Talab etilganda institut manfaatlaridan kelib chiqib institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining huquqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va suddagi huquqlarini himoya etish;
• Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Odob axlok kodeksi, Ijro intizomi, Mehnatni muhofaza qilish, Xavfsizlik texnikasi va Ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta'lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;
• Vazirlikning buyrug‘i asosida ishchi guruhi tarkibida boshqa oliy ta'lim muassasalar faoliyatini berilgan topshiriq asosida o‘rganish;
• Oshkor kilib bulmaydigan (konfidensial) ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni, shuningdek shaxsga oid ma'lumotlarni ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.