O'qituvchi
Qulliyev Javohirbek G'anijon o'g'li 2018-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya tizimlari muhandisi ta'lim yo'nalishini, 2021-yilda esa ushbu oliygohning Axborot xavfsizligi mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichini tugatgan. Qulliyev Javohirbek G'anijon o'g'li 2024 yil fevralda Buxoro davlat pedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasida faoliyatini boshlagan hamda 2024 yil sentabrdan hozirgi kunga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Axborot xavfsizligi
yo'q
Algoritmik tillar va dasturlash, Dasturlash asoslari, Robototexnika asoslari, Ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari
O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
• Ta’lim beradigan fanidan yoki o‘quv mashg‘ulotining alohida turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
• O‘quv reja va o‘quv dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi;
• Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti va uy vazifalari bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari) ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
• Talabalarning mustaqil va individual ishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi;
• O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tadbiq etadi;
• Talabalarning laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarning bajarishini tekshiradi va nazorat qiladi;
• Kafedraning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
• Talabalar tomonidan uy vazifalarining bajarilishi, ularning o‘quv mashg‘ulotlari davomida mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi.
• Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va
tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli
ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;
Ilmiy ishlar bo‘yicha:
• Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
• Talabalarning ilmiy to‘garak ishlarini tashkil etadi va olib boradi.
• Iktidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustakil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish xisobiga mustakil tayyorlanish xajmini oshirish buyicha choralar ko‘radi;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;