- O‘zbekiston Respublikasining ta’limiga oid Qonunlari, Prezident
Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, bo‘yruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasining bo‘yruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- Fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
- Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgpn shaxsiy varaqalarini to‘ldirilishini tashkil etish va shaxsga doir ma’lumotlar sifatida saqlanishini ta’minlanishini tashkil etish;
- Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining Oliy ta’lim muassasasi ichki-tartib qoidalari, odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazoratga olish;
- Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini muvofiqlashtirish;
- Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
- Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tamonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
- Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadryatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, ahloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish;
- Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash;
- Talaba-yoshlar orasida ahloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyaviy ishlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish;
- Milliy-urf odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suxbatlar, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
- Talabalarning manaviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishda ko‘maklashish;
- Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish;
- Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy masalalari yuzasidan kafedra mudirlari tamonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;
- Professor-o‘qituvchilarning yillik va o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy- ma’rifiy ishlar” sohasidagi tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
- Ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada tyutorlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
- Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish;
- Tyutorlar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishini nazorat va monitoring qilish, tahlillar bo‘yicha fakultet dekani va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga haftalik hisobot kiritib borish;
- Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetlarda “Ota-onalar kuni” tadbirini uyishtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
- Talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchilikni tashkil etish va nazoratga olish;
- Har semestr yakunida fakultetda yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yozma hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;
- Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus faollarni moddiy, ma’naviy rahbatlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;
- Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot orgonlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;
- Fakultet binosi, kafedralar va o‘qo‘v honalarining targ‘ibot plakatlari bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish va mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish;
- Fakultetda xotin-qizlar kengashi, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faliyatini tizimli tashkil etish va umumiy rahbarlik qilish hamda xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi va yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarning nomzodligiga tegishli takliflarni kiritish
- Fakultetda faoliyat olib boradigan tyutorlarga umumiy rahbarlik qilish
Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish