Kotib-ish yurituvchi lavozim vazifalari:
- Yuqori organ va boʻlimlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, roʻyxatdan oʻtkazish va qabul qilib oʻz boshligʻiga etkazish;
- Boʻlim yoki kafedraga tegishli boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli boʻlimlarga etkazish;
- Boʻlim yoki kafedraga tegishli boʻlgan hujjatlarni chop etish, koʻpaytirish va roʻyxatdan oʻtkazish;
- Boʻlimga keluvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
- Oʻzi ishlayotgan kafedra yoki boʻlimning sanitariya-gigiena holati va tozalikni saqlash.