Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

FARMONOV SARDOR NUSRATOVICH

team image

FARMONOV SARDOR NUSRATOVICH

Tyutor

Men Farmonov Sardor 1994 yil 27 fevralda Buxoro viloyat Jondor tumani Ibn Sino MFY Yangibog' qishlogi 105 uyda tadbirkor oilasida tug'ulganman. 2014-2018 yillarda Buxoro davlat Universitetida bakalavr Tarix yo'nalishini tugatib 2018-2020 yillarda Magistratura Tarix(yo'nalishlar va mamlakatlar) tomomladim. 2019-2020 yy. – Kogon shaxar 3-o‘rta ta'lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi 2020-2021 yy. – Jondor tuman Aholi Bandligiga ko‘maklashish markazida jamoat ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i 2021-2023 yy. – Jondor tuman 35- o‘rta ta'lim maktabida ma'naviy- ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2023-yil 18-yanvardan xozirgi kunga kadar Buxoro davlat pedagogika instituti tyutori lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Номер телефона:
+998948381212
Электронная почта:
sardorfarmonov9494@gmail.com

tarix (mintaqalar va mamlakatlar bo'yicha)

Tyutorlik faoliyatining maqsadi — talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuvini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat.
 Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalarning oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-resurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;
talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash;
nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilib borish.