Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

ABDULLAYEV SHUXRAT DJUMATURDIYEVICH

  • Главная
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
team image

ABDULLAYEV SHUXRAT DJUMATURDIYEVICH

Dotsent

Abdullaev Shuxrat Djumaturdievich - 1965yil Buxoro shaxrida ziyoliy oilasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1972 yil Buxoro shaxridagi 14-son o‘rta maktabda, 1980-1983yillar davomida Buxoro shahridagi 73-sonli hunar-texnika bilim yurtida tahsil olgan. 1983-1985 yillarda armiya safida xizmat qilgan. 1985-1986 yillarda Buxoro shaxridagi “Vatanparvar” tashkilotida haydovchilikga o‘rgatish bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan. Sambo va Dzyu-do kurashi bo‘yicha 1978-1983 va 1986-1990 yillarda viloyat va Respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egalagan. 1982 yil Ukrainaning Xerson shaxrida Butinitifoq turnirida 3-o‘rinni Rossiyaning Yaroslav shaxrida Butinitifoq turnirida 3-o‘rinni egalagan. Respublika “Burivestnik” jamoasi musobaqalarida 1981-1983 uch karra sovrinli o‘rinlarni egalagan. Samo kurashi bo’yicha sport ustasi. Hozirgi kunda milliy kurash bo‘yicha Respublika toifasidagi xakam. 1986-1990 yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich harbiy ta’lim va jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. 1990-1992 yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 1992-1995 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kunduzgi aspiranturada o‘qigan. 1995 yil nomzodlik dissertatsiyasiyasini muffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Hozirgi kunga qadar halqaro va respublika miqiyosidagi ilmiy –amaliy anjumanlarda 100 dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda, shu bilan birga 3-ta monografiya 4-ta o‘quv-uslubiy 5-ta uslubiy, 2-ta o‘quv qo‘llanma va 4-ta darsliklar muallifi.“Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni tarbiyalashda milliy harakatli o‘yinlarning pedagogik–psixologik tizimi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 1995 yildan shu kunga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib borib, yoshlarga kelajakda buyuk inson bo‘lib yetishishlariga o‘z hisasini qo‘shib kelmoqda.

Номер телефона:
+998(90) 614-66-02
Электронная почта:
shabdullayev65@gmail.com
Web of Science ID:
https://orcid.org/0009-0008-2497-6944
Scopus ID:
https://orcid.org/0009-0008-2497-6944
ORCID:
https://orcid.org/0009-0008-2497-6944
Google scholar:
Google scholar

Jismoniy madaniyat

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Professor

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

O‘QITUVCHI LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha;

- Dars berayotgan fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni amalga oshiradi;

- Yetakchi professor yoki dotsent rahbarligida biriktirilgan fanini o‘qitish uslubiyatini o‘rganadi;

- Ta’limda innovatsion texnologiyalar va fanni o‘qitish texnologik kartalarni o‘rganadi;

- Bakalavriyat yo‘nalishlari uchun o‘quv dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi;

- Laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarini bajarishda yangi texnolgiyalarni joriy etadi;

- Professor, dotsent rahbarligi ostida metodik qo‘llanma, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- O‘quv mashg‘ulotlarining uslubiy va texnik ta’minotini tashkil etadi va rejalashtiradi;

- Talabalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlarini bajarish va amaliy mashg‘ulotlarida mehnat muxofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

- O‘quv yili davomida institutning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va yillik ish rejasiga kiritilgan dars soatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

- O‘quv yili davomida o‘zining yillik ish rejasida ko‘rsatilgan o‘quv uslubiy hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha elektron darsliklarni tayyorlashda kafedraning professor va dotsentlari bilan xamkorlik qilish;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;

Ilmiy ishlar bo‘yicha:

- Professor yoki dotsent rahbarligida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;

- O‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr etadi;

- Kafedra ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi doirasida tashkil etiladigan seminarlar va anjumanlarda ishtirok etadi.

- Stajirovka o‘tish jarayonida ilmiy tadkikot uslublarini egallash, tajriba o‘tkazish texnikasini o‘zlashtirish, o‘z ixtisosligi bo‘yicha eng yaxshi yutuqlarni o‘rganish;

- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

- Xorijiy til o‘qituvchilari uchun S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:

- Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;

- Talabalar turar joyi va binolarda navbatchilik qiladi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;

- Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.

- Institutning jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriklarini bajarishni uz zimmasiga olish;

- Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;