Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

MURODOV SIROJIDDIN AHMATOVICH

team image

MURODOV SIROJIDDIN AHMATOVICH

O'qituvchi

2005 – 2009 yy. Buxoro davlat universiteti talabasi 2009 – 2011 yy. O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti 2011 – 2012 yy. Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi laboranti 2012 – 2012 yy. Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchisi 2012 – 2018 Buxoro davlat universiteti qoshidagi kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi 2018 – 2019 Buxoro tumani 28-son o‘rta umuta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi 2019 – 2021 Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi 2022 – 2024 Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi tayanch doktoranti (PhD) 2025 yil 09.09.-h.v. Buxoro davlat pedagogika insitituti biologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Номер телефона:
+998906127266
Электронная почта:
sirojiddin_sma@mail.ru
ORCID:
0000-0003-2547-5910
Google scholar:
Google scholar

biologiya

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Qishloq xo'jaligining biologik asoslari, Yosh fiziologiiya, Geobotanika, Asalarichilik

OTM o‘qituvchisining lavozim vazifalari

1. Umumiy qoidalar

OTM o‘qituvchisi oliy ta’lim muassasasining Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq faoliyat olib boradi.

2. O‘quv-uslubiy faoliyat
 • Fan bo‘yicha o‘quv reja, fan dasturi (sillabus) va kalendar-tematik reja asosida dars mashg‘ulotlarini olib borish;
 • Ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini sifatli va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazish;
 • Talabalarning bilimini joriy, oraliq va yakuniy nazorat orqali baholash;
 • Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, testlar, topshiriqlar)ni ishlab chiqish va yangilab borish.

3. Ilmiy-tadqiqot faoliyati
 • Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini ilmiy maqolalar, tezislar ko‘rinishida chop etish;
 • Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va forumlarda ishtirok etish;
 • Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish;
 • Ilmiy grant va loyihalarda ishtirok etish.

4. Tarbiyaviy ishlar
 • Talabalarda kasbiy madaniyat, akademik halollik, mas’uliyat va intizomni shakllantirish;
 • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
 • Talabalar bilan individual ishlash, maslahatlar berish.

5. Tashkiliy va hujjat yuritish faoliyati
 • O‘quv mashg‘ulotlariga oid hujjatlarni (elektron jurnal, reyting qaydnomalari va boshqalar) belgilangan tartibda yuritish;
 • Kafedra, fakultet va OTM miqyosidagi yig‘ilishlarda ishtirok etish;
 • Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

6. Kasbiy rivojlanish
 • Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida belgilangan muddatlarda qatnashish;
 • Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, AKT va xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib borish.

7. Mas’uliyat

OTM o‘qituvchisi o‘z lavozim vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.