Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

UMEDJANOVA MALIKA LUKMANOVNA

team image

UMEDJANOVA MALIKA LUKMANOVNA

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

1984-yil Buxoro shaharda tug'ilgan. Buxoro shahar 33-maktabni a'lo baholarda bitirib, 2003-2007-yillarda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida bakalavrni, Buxoro davlat universiteti magistraturani o'qib tugatgan. Pedagogik staji 16 yil. Buxoro davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi bo'lib ishlagan. Mehnat faoliyati davomida Umumiy pedagogika, Oila pedagogikasi, Xalq pedagogikasi kabi fanlardan ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini olib borgan. Fanga doir o'quv qo'llanma, monografiya va OAK jurnallarida maqolalar chop ettirgan.

Номер телефона:
+998914483975
Электронная почта:
umedjanovamalika1405@gmail.com
ORCID:
https://orcid.org/0000-0001-9969-8995
Google scholar:
Google scholar

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha)

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Dotsent

Umumiy pedagogika, Oila pedagogikasi

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining huquqiy-normativ hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshiradi;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi;
  • Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantiradi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqaradi va izchil takomillashtirib boradi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish ishlarini amalga oshiradi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur bo‘lgan tegishli me’yoriy va uslubiy hujjatlarni, shuningdek, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qiladi. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslarini tashkil etadi, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini uyushtiradi;
  • Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazadi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun tegishli sharoitlarni yaratadi;
  • Demokratik va huquqiy davlat barpo etishda talabalardagi ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantiradi;
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etadi;
  • «Kafedra kunlari» va «Kelajak soat»larining yuksak saviyada va talab darajasida o‘tishini nazorat qiladi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi va boshqaradi;
  • Ijtimoiy fanlar kafedralarda o‘qitiladigan fanlarni uslubiy va  (adabiyot, qo‘llanma va h.k.) Manbalari bilan ta’minlaydi, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganadi hamda tahlil qiladi va ular yuzasidan tegishli takliflar tayyorlaydi;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlaydi;
  • Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil qilish, institutda talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq, yo‘nalishlar, ixtisosliklar va to‘garaklarni, shuningdek,, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tuzilmalarni tashkil etadi;
  • Institutda talabalar turar joylarining sharoitlari, unda istiqomat qilayotgan talabalarning talablariga har tomonlama muvofiqligini muntazam nazorat qilib, monitoring yuritadi;
  • Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali o‘zbek va xorij badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor beradi. Shu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish, shuningdek, institut axborot-resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish ishlarini amalga oshiradi;
  • Institutdagi jamoat tashkilotlari (Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar kengashi, fakultetlar, kafedralar qoshida ochilgan klublar va h.k.) Faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
  • Institutdagi sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qiladi;
  • Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib boradi;
  • Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
  • Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlaydi, ularda institutda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning muntazam suratda doimiy yoritib borilishini nazorat qiladi;
  • Tanlovlar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarning muntazam ravishda o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlari va tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirok etishini ta’minlaydi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptiradi;
  • Dekanatlar, kafedralar va tyutorlar tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
  • Ijara va qarindoshlarning uylarda yashovchi talabalarning shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lib turishni yo‘lga qo‘yadi;
  • Institutda madaniy-hordiq chiqarish tadbirlarni tashkil etadi;
  • Kompleks xodimlariga mehnat vazifalarini taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, jamoa orasida tartib va intizomni saqlashni ta’minlaydi, lozim bo‘lganda talab etishni yo‘lga qo‘yadi;
  • Kompleks xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi;
  • Kompleks xodimlarining lavozim vazifalari buyicha topshiriklarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xakida institut raxbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Odob axlok kodeksi, Ijro intizomi, Mehnatni muhofaza qilish, Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari, ta’lim tizimiga doir hujjatlar,  institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;
  • Oshkor kilib bulmaydigan (konfidensial) ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni, shuningdek shaxsga oid ma’lumotlarni ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni tuliq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.