Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

ACHILOVA RISOLAT A’ZAMOVNA

team image

ACHILOVA RISOLAT A’ZAMOVNA

Kafedra mudiri

Achilova Risolat A’zamovna 1986 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek.
2007 yil Buxoro davlat universiteti Ingliz filologiyasi ingliz tili ixtisosligini tugatgan (V№329112). 
2012 yil Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi ixtisosligi bo‘yicha magistraturani o‘qib tugatgan.( M № 064757)
Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashning yig‘ilishida "Ingliz va o‘zbek tillardagi antonomaziyalrning leksik-semantik hamda lingvopoetik tadqiqi" mavzusida 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertatsiyasini 2022-yil 7-noyabr kuni muvaffaqqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 30- noyabrdagi 327/1-sonli bayonnomasiga asosan unga filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. (01 № 008204)
Umumiy ish staji 17 yil, ilmiy va pedagogik ish staji 17 yil. Universitetdagi pedagogik ish staji 11 yil
2003-2007 yy. - Buxoro davlat universiteti talabasi
2010-2012 yy. - Buxoro davlat universiteti magistranti
2012-2015 yy. - Buxoro davlat universiteti chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2019 yy. - Buxoro davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2019-2020 yy. - Buxoro davlat universiteti Tabiiy yo‘nalishlarda chet tili kafedrasi o‘qituvchisi
2020-2022 yy. - Buxoro davlat universiteti Tabiiy yo‘nalishlarda chet tili kafedrasi katta o‘qituvchisi
2022-2023 yy. - Buxoro davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
2023 y. - 2024yy.   - Buxoro davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti 
2024y.-h.k. Buxoro davlat pedagogika instituti, Tillar fakulteti, Xorijiy  tillarni o’qitish metodikasi kafedra mudiri
 

Номер телефона:
+998(90)-637-05-05
Электронная почта:
achilovarisolat@gmail.com

lingvistika (ingliz tili)

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Professor

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

Kafedrani boshqarish bo‘yicha:

  • Kafedra mudirining shaxsiy rejasi fakultet dekani bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari buyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
  • kadrlar tayyorlash tizimi va ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini tahlil etishni amalga oshiradi;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining oliy ta’lim muassasasi kafedralari, fakultetlari bilan, shuningdek, xalkaro hamkorlik faoliyatlarini tashkil etadi;
  • oliy ta’lim Davlat ta’lim standartini amalga oshirishni ta’minlaydi;
  • kafedra faoliyati muhokama kilinadigan oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalari ishlarida qatnashadi;
  • kafedra ishlari rejasi, kafedraning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari shaxsiy rejasini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi.
  • kafedra majlislarida kafedraning o‘quv, o‘kuv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy- uslubiy ishlar rejasining bajarilishini va kafedra faoliyatining boshqa masalalarini muhokama kiladi;
  • kafedra pedagog-xodimlariga o‘quv yuklamalarini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi va ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining darslariga kiradi va ularni kafedra majlislarida muhokama kilishni tashkillashtiradi;
  • tanlovga tushgan barcha xujjatlarni "Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to‘g‘risidagi nizom" talablariga muvofiq ko‘rib chikilishi va natijalarini oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga yuborilishini ta’minlaydi;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishini rejalashtiradi;
  • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘kuv va ilmiy-uslubiy jarayonlarni tashkil etish maksadida oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalarlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilaydi:
  • o‘kuv semestri va o‘kuv yili yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar va hisobotlarni tayyorlaydi, tegishligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbariyatga takdim etadi va ularning nusxalarini kafedrada saqlanishini ta’minlaydi;
  • kafedraga tegishli o‘quv xonalari va laboratoriyalarda mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalarning talabalar, kafedra professor- o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat kiladi;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy o‘kuv rejasi va dasturiga muvofiq ishchi o‘kuv reja va dasturlarni tuzadi;
  • kafedraga tegishli magistratura talabalarining kalendar ish rejalari tayyorlanishini nazorat qiladi;
  • kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitadigan fanlari bo‘yicha darslik, o‘kuv ko‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va boshka o‘kuv materiallarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va bu jarayonga bevosita ishtirok qiladi;
  • O‘kuv jarayoniga yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etilishini ta’minlaydi;
  • professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirib tahlil qilishni ta’minlaydi va o‘zi muntazam (ixtiyoriy) ravishda o‘kuv mashg‘ulotlari va nazorat ishlarida ishtirok etadi;
  • ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash orkali o‘kuv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantiradi va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbik etilishini ta’minlaydi;
  • kafedragi mavjud soatlar yuzasidan paydo bo‘lgan vakantlar to‘g‘risida o‘quv- uslubiy boshqarma hamda xodimlar bo‘limiga kamida 5 kun oldin ma’lumot taqdim etadi hamda professor-o‘qituvchilarni saralash hamda tanlashda institutning belgilangan tartibida amalga oshiriladi;
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi hamda qoldirilgan darslarni boshqa o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ilmiy va o‘quv jarayonlarini samarali tashkil qilishdagi munosib hissasi, institutning mehnat jamoasidagi o‘rni va faolligini inobatga olib, ularni rag‘batlantirish yoki institutning ichki tartib qoidalari, odob-ahlok kodeksi va lavozim majburiyatlariga rioya qilmaganlarga intizomiy chora ko‘rish xakida institut raxbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi;
  • Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;
  • Professor-o‘qituvchilarni kelib-ketishi bo‘yicha kafedra tabelini yuritadi hamda belgilangan tartibda xodimlar bo‘limiga taqdim qiladi.

 

O‘slubiy ishlar buyicha:

  • talabalarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada o‘qitadi, ular bilimini baholashning samarali usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
  • har semestrda kamida bir marta ochiq ma’ruzalar o‘tadi;
  • talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etish asoslarini shakllantiradi;
  • dars beradigan fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat kilishni amalga oshiradi;
  • talabalarning mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy jamiyati ishlarini tashkil etadi, rejalashtiradi va rahbarlik kiladi, o‘rta maxsus, kasb-xunar va umumiy o‘rta ta’lim o‘kuvchilari o‘rtasida kasbiy yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining malakalarini oshirishlarida faol ishtirok etadi, ularga pedagogik mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; ilm-fan, ta’lim va ishlab chikarish integratsiyasini amalga oshirishda ishtirok etadi.
  • belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati buyicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi;

·

Ilmiy ishlar buyicha:

  • kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini tasdiqlaydi va bajarilishini talab qiladi;
  • innovatsion ta’lim loyihalarini boshqaradi;
  • talab darajasidagi ilmiy maktab va yo‘nalishni tashkil etadi, mustakil tadkikotchi izlanuvchilarga, tayanch doktorant va doktorantlarga kafedra tomonidan ilmiy sohada kerakli bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil etib, natijalarini o‘kuv jarayoniga olib kiradi; turli tarmoq muassasa va tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishda samarali takliflar ishlab chiqadi;
  • maxsus, ekspert, texnik va ilmiy uslubiy kengash, ilmiy-pedagogik va kasbiy jamoa (assotsiatsiya) ishlarida ishtirok etadi;
  • ilmiy va o‘kuv-uslubiy ishlar natijalarining nashr etishni tashkiliy masalalari, jumladan kafedrada muhokama etish, nashrga tavsiya etish, tashqi ekspertizadan va shu kabilarni tashkil etadi.
  • Kafedra huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda tegishli soha bo‘yicha muammolarni ilmiy yechimini topishda takliflarni ishlab chiqadi;

Tarbiyaviy ishlar buyicha:

  • oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
  • talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va tadbirlarda ishtirok etadi.

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Milliy mustaqillikning asoslari va tamoyillari;
  • O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayërlash milliy dasturi", oliy ta’limga oid Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari;
  • faoliyatga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
  • oliy ta’limning normativ-huquqiy xujjatlari, Davlat ta’lim standantlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) malaka talablari, o‘kuv reja va dasturlari va ularga ko‘yiladigan talablar;
  • O‘quv jarayoniga ta’limning pedagogik, axborot-kommunikatsion texnologiyalari va texnik usullarini tatbiq qilish;
  • yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish usullari;
  • O‘quv dasturlarni unifikatsiyalashda uslubiy va tashkiliy ta’minlash;
  • mexnat bozorini hisobga olgan holda, namunaviy dastur va ishchi rejani shakllantirish asoslari;
  • rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minlash, talabalar bilimi, ko‘nikmasi va malakasini baholash tizimi, baholashning kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi asoslari;
  • ilmiy, ukuv-uslubiy ishlarni tashkil etish texnologiyasi;
  • talim va tarbiyada zamonaviy shakl va uslublar;
  • normativ xujjatlar, ilmiy, pedagogik va oliy ta’lim muassasasi xodimlari mehnatlarini tartibga solish bo‘yicha xujjatlar;
  • O‘quv jarayonida me’yoriy asoslarini tashkil etish;
  • iktidorli talabalar, shu jumladan davlat stipendiyalarini olgan talabalar bilan usullarini tashkil kilish;
  • oliy ta’lim menejmenti asoslari;
  • Etika va nutk madaniyati masalalari;
  • chet tillarining birida og‘zaki nutqni olib borish;
  • mexnat qonunchiligi asoslari;
  • kompyuter va boshqa raqamli-elektron uskunalarda ishlash talablari;
  • mexnat muxofazasi va yongin havfsizligi qoidalari.

 

Malaka talablari:

    • kafedradagi tayyorlov va soxa yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot(magistr yoki dimlomli mutaxassis)ga, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga hamda ilmiy-pedagogik ishlari yoki kasbiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining alohida ko‘rsatib o‘tgan malaka talablari ham inobatga olinadi.