Professor
Buxoro davlat pedagogika instituti (PhD) professori Nurullayev Farrux Gʼaybulloevich, Buxoro musiqashunoslari va musiqachilari orasida ajralib turadi. U mamlakatimizda kechayotgan musiqa sohasidagi voqeliklarni muntazam tahlil qilib keladi. Bir necha kitoblari nashrdan chiqarilgan, maqolalari matbuotda chop etilgan. Farrux Nurullaev musiqa tanqidchisi boʼlibgina qolmay, qoʼshiqlar ham ijod qiladi. Oʼzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi F.G. Nurullaev musiqa taʼlimini Buxoro shahar Domla Halim Ibodov nomli 1-son musiqa maktabida boshlagan. Keyinchalik Muxtor Аshrafiy nomidagi Buxoro sanʼat bilim yurti va Buxoro davlat pedagogika universitetida tahsil olgan. Hozirda Buxoro davlat universitetining “Sanʼatshunoslik” fakulteti “Musiqa taʼlimi” kafedrasi dosenti sifatida faoliyat koʼrsatmoqda. Musiqa ijodi sanʼat bilim yurtida tahsil olayotgan davrida boshlangan. U akasi, taniqli qoʼshiqchi va bastakor Bobirshoh Nurullaev bilan hamkorlikda hozirgacha 20 dan oshiq estrada qoʼshiqlari yaratgan. Bu qoʼshiqlar respublikamizda, qoʼshni Tojikistonda, viloyat bayram tadbirlarida, kontsertlarda, toʼy-maʼrakalarda ijro etib keliniyapti, televidenie orqali namoyish etilayapti. Farrux Nurullaev 2000-2001 yillar kompozitor Mutavakkil Burhonovdan bastakorlik sirlarini oʼrganib, hamjihatlikda “Soliqchilar madhiyasi” asarini yaratadi. Bu qoʼshiq Respublika koʼrik-tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni egallaydi. Ish faoliyati davomida va malaka oshirish kurslarida kompozitorlar Rustam Аbdullaev, Habibullo Rahimov, Mustafo Bafoev, Аvaz Mansurov, Rifatilla Qosimov, Dilorom Аmanullaevalardan saboq olgan. F.Nurullaevning “Vokal va zamonaviy musiqa”, “Solfedjio”, “Maktabgacha taʼlim muassasalarida musiqiy tarbiya”, “Cholgʼu ijrochiligi” “Bolalar musiqiy tarbiyasi” nomli kitoblari nashrdan chiqarilgan, 60 dan ortiq maqolalari chet el, respublika, viloyat gazeta va jurnallarida chop etilgan.
Musiqa ta'limi
Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon: Professor
Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi, An'anaviy xonandalik, Musiqa pedagogikasi, Musiqa psixologiyasi
BuxDPI Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti, "Musiqa va tasviriy san'at" kafedrasi (PhD) professori vazifalariga-
3-vazifa: Xorijiy OTMlar bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilarni hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovkaga yuborishga ko`maklashish, talabalarni Xalqaro plener amaliyotida ishtirok etish imkoniyatlarini izlab topish
4-vazifa: Yetuk olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar o‘tkazishda fol ishtirok etish, kasbiy sohasida yuqori natijalarga erishgan tajribali pedagoglar, akademiklar, xalq artistlarining talabalar bilan ijodiy uchrashuvini uyushtirish
5-vazifa: Kafedralarning moddiy-texnik ta’minotni yaxshilashda yangi g`oyalar berish, xodimlar va talabalarga yetarli shart-sharoitlar yaratish;