Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Devonxona va arxiv

0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Devonxona va arxiv

SUXROB NUROV
Bo'lim boshlig'i

SUXROB NUROV

- suxrobnur.uz@mail.ru

Ba'tafsil

Devonxona va arxiv

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli qarori bilan hujjatlarni tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini, ular bilan ishlash tartibini belgilangan.

   Buxoro davlat pedagogika institutida ish yuritish va ichki hujjatlar bilan ishlash yo‘riqnoma asosida yuritiladi.

   Tasdiqlangan yo‘riqnomaga asosan institutga yuqori turuvchi organlar hamda turli tashkilotlardan keladigan hujjat va xatlarni ro‘yxatga olish va nazoratdan chiqarish quydagi tatibda amalga oshirilmoqda. Jumladan;

   Yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriq xatlari va talabnoma xatlar 10 ish kun davomida, Qonun loyihalari bo‘yicha takliflar va xulosalar – 7 kalendar kun davomida, qaror va buyruqlar – 3 kalendar kun davomida, farmoyishlar – 2 kalendar kundan oshmagan muddatda; Hay’at qarorlari – 3 ish kuni muddatda, yig’ilish bayoni - ularda ko‘rsatilgan muddatga yoki hujjatning olingan kunidan – 5 ish kunidan 10 ish kuni muddatda, talabalar murojaati – 5 ish kunidan 10 ish kuni muddatda, belgilangan topshiriq mazmuniga qarab uzaytirilishi hamda yo’l xaritasi ularda ko‘rsatilgan muddatga yoki hujjatning olingan kunidan – 5 ish kunidan 10 ish kun davomida chora-tadbirlar rejasi – 10 kun muddatda ishlab chiqish, turli korxona va tashkilotlar xatlari - ularda ko‘rsatilgan muddatga yoki hujjatning olingan kunidan – 10 kun davomida, belgilangan topshiriq mazmuniga qarab uzaytirilishi mumkin, Jismoniy shaxslarning murojaatlari - bir oy muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiluvchi takliflardan tashqari, shoshilinch hal qilinishi talab qiladigan telegramma va xatlar - bir kecha kunduz davomida, qolganlari - olingandan keyin – 3 kun muddatda belgilangan.