




Buxoro davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasi 2024 yil 26 avgustda tashkil etildi. Bugungi geografiyaga tegishli fanlar dastlab institutning tabiiy fanlar kafedrasi tarkibida bo‘lgan. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri iste’dodli olim g.f.n. dots. A.M.Mavlonov rahbarligida barcha kafedra a’zolari o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta yutuqlarga erishgan. 2024 yil 10 maydan boshlab, kafedra mudiri lavozimida geografiya fanlari doktori, dots. X.R.Tashov faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada 8 nafar asosiy shtatda – g.f.d. X.R.Tashov, g.f.n. A.M.Mavlonov, p.f.f.d. N.Sh.Shadiyeva, o‘qituvchilar – N.Toshbekov, Ch.Z.Jalilova, A.K.Ergashev, R.Achilova, K.Sh.Nasullayeva va 4 nafar o‘rindosh professor-o‘qituvchilar – dots. M.Axmedov, o‘qituvchilar – A.Usmonov, A.Shokirov, R.Erkinov hamda 2 nafar kabinet mudirlari – S.Ibodova, Z.Malikovalar ishlamoqda.
Kafedraning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategik rejalari ishlab chiqildi va uni boshqarishga mas’uliyat kuchaytirildi. Kafedra qisqa muddat ichida respublika va xorijdagi geograflar jamoalari orasida munosib ilmiy – pedagogik nufuzga ega bo‘ldi. Jumladan, X.R.Tashov Qozog‘iston va Turkiyadagi, N.Shadiyeva Rossiyadagi yetakchi oliygohlarda ma’ruzalar qilishdi va malaka oshirishdi. A.Mavlonov 2024 yildan boshlab, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash a’zosi.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
60530200 – “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
60111000-“Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
70530203–Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Ilmiy sohadagi yutuqlar:
1. X.R.Tashov 2024 yil 15 aprelda “Tabiiy geografiya tarixi va muammolari” (Ixtisoslik: 11.00.01-Tabiiy geografiya) Geografiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi.
2. Shadiyeva Nigora Sharipovna 2024-yil 30-may pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash asosidagi yig‘ilishida Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (geografiya ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilib, dotsent ilmiy unvonini oldi.
Kafedrada magistratura mutaxassisligi faoliyat ko‘rsatadi va unda 5 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.
Kafedrada 2024 yilda ham respublika va xorijiy oliy o‘quv yurtlari jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Rossiya, Qozog‘iston davlatlarining geografiya fakultetlari bilan ilmiy pedagogik hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda.
Har yili dots. A.Mavlonov tashabbusi bilan“Geografiya fanining nazariy–amaliy muammolari” mavzusida Respublika ilmiy–nazariy–amaliy konferensiyalar o‘tkazilib kelindi. Jumladan, 2024 yilning 20 may kunlari navbatdagi Respublika ilmiy–nazariy–amaliy konferensiya o‘tkazildi. Natijada kafedraning istiqboldagi ilmiy rejalari belgilab olindi.
Kafedra a’zolari tomonidan 2024 yil davomida bir necha monografiya, risola, 20 dan ortiq o‘quv – uslubiy qo‘llanma hamda 70 dan ortiq ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalar chop ettirildi.
Tarixga aylangan 2024 yil davomida 250 dan ortiq yuqori malakali yetuk geograf mutaxassislarga geografik bilimlar berildi.
Kafedrada talabalarning ta’lim – tarbiya olishi hamda ijodiy ishlarni bajarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Kafedra huzurida iqtidorli talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy seminari tashkil qilingan. Iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda.
Keyingi yillarda kafedra huzuridagi ilmiy seminar yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasiga havola etilgan nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari muhokama etilmoqda. X.R.Tashov, A.Mavlonov, N.Shadiyevalar nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik hamda opponent sifatida taklif qilinmoqda.
O’qitiladigan fanlar
1.Umumiy tabiiy geografiya
2.Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya
3.Gidrologiya va iqlimshunoslik
4.Geofizika asoslari va geokimyo
5.Tabiiy geografiya I
6.Landshaftshunoslik
7.Rekratsiya va turizm geografiyasi
8.Geografiya tarixi
9.Geografiyaga kirish
10.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
11.Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari
12.Makro iqtisodiyot va mikro iqtisodiyot
13.Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
14.Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
15.Sanoat va qishloq xo’jalik geografiyasi
16.Tabiiy geografiya II
17.Toponimika
18.Shaharlar va qishloqlar geografiyasi
19.Biogeografiya
20.Geografiya va iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi