Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Harbiy ta’lim fakultetida kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik davra suhbati o‘tkazildi
Event Image

✅Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakultetida Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirokida "Kiberxavfsizlik va kriptobirja jinoyatlarining oldini olish" mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

🌀 Uchrashuvda zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlar orasida kiberjinoyatlar, firibgarliklar, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan noqonuniy harakatlar, shuningdek, kriptovalyutalar bilan bog‘liq firibgarliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mutaxassislar yoshlarni bunday jinoyatlarga jalb etilishining oldini olish, shaxsiy axborotlarni himoyalash, internetdan ongli va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar. Tadbir davomida talabalarning savollariga javoblar berilib, hayotiy misollar asosida tushunchalar mustahkamlandi.

❗️ Mazkur davra suhbati yoshlar orasida raqamli madaniyat va kiberxavfsizlik bo‘yicha ongni oshirish, ularni zamonaviy tahdidlar haqida ogoh qilishda muhim qadam bo‘ldi.