
22-aprel – Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Buxdpi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda institutning Volontyorlar guruhi tomonidan ekologiyani asrashga qaratilgan Eko Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔥Tadbirda talabalar atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, qiziqarli savol-javoblar va ekologik mavzudagi muhokamalar orqali o‘z e’tiborlarini ekologik muammolarga qaratishdi. Mazkur tadbir yoshlarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qildi.

