
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Adabiy ma’rifiy haftaliklar” doirasida uyushtirilgan “Milliy qadriyatlar sayli” Buxoro shahridagi Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘ida qizg‘in davom etmoqda. Tadbir davomida yurtimizga xos urf-odatlar, boy madaniy meros va milliy qadriyatlar namoyishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi.
✔️ Tadbir doirasida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz namoyishi bilan birga:
🔴Zakovat intellektual o‘yinlari
🔴Besh tashabbus sport bellashuvlari
🔴 She’riyat shaydosiman nomli mushoira tanlovlari kabi qiziqarli tadbirlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
📣 Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlar, urf-odatlar, madaniyat va an’analar ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqatli, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashdan iboratdir.

