Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

HALIM MURODOV

team image

HALIM MURODOV

t.f.f.d.(PhD) dotsent

Murodov Halim Salimovich 1975 yil 23 fevralda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 1997 yil Buxoro davlat universitetining Tarix fakultetini tugatgan. 40 ga ortiq ilmiy ishlar va qo`llanmalar muallifi. Bir qator xalqaro va respublika anjumanlari ishtirokchisi. Murodov Halim Salimovich mehnat faoliyatini 1997 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 29-umumta'lim maktabida tarix fani o'qituvchisi sifatida boshlagan. 1999-2000 yillarda Buxoro viloyat pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida metodist lavozimida ishlagan. 2000 yildan boshlab 2021 yilgacha Kogon shahar 17-IDUM tarix fani o'qituvchisi. Murodov Halim Salimovich mehnat faoliyaati davomida erishgan natijalari munosib taqdirlangan. Jumladan, 2012 yilda Xalq ta'limi vaziri tomonidan “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni va 2016 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan davlat mukofoti – “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 2021 yil 4 yanvardan “Buxoro tarixi” kafedrasi tayanch doktoranti. 2021-2022 yillardagi ilmiy izlanishlar natijasida 2022 yil 13 dekabrda tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun muvaffaqiyatli himoyani amalga oshirdi. 2023-yil oktyabrdan Buxoro davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2024 yil iyundan v/b dotsenti sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. H.S.Murodov ilmiy izlanishlari natijasida 1 ta monografiya va 2 ta o`quv qo`llanma, 40 taga yaqin ilmiy tezis va 17 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Respublika va institut miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qiziqarli ma’ruzalar bilan muntazam ishtirok etib keladi. Halim Salimovich Murodov Google scholar bazasidagi h-indexi – 6 ga teng. H.S.Murodov institut va fakultet jamoat ishlarida faolligi tufayli jamoaning hurmatiga sazovor bo‘lgan. U talabalarni ilmiy anjumanlarga va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida ochiq darslarlarning rasmiylashtirilishi, kafedra bayonnomalarida qayd qilinishi bo‘yicha mas’ul shaxs sifatida faol qatnashib kelmoqda. H.S.Murodov “Ijtimoiy fanlar” kafedrada "Ustoz - shogird" tizimidagi ishlarni yaxshi yo`lga qo`ygan va iqtidorli talabalar bilan samarali ishlar olib boradi. Murodov Halim Salimovich ilmiy faoliyati davomida respublikamiz ta'lim tizimida fan va ta'limga yangicha yondashuvlari tatbiq qilishga, mehnat bozori hamda ish beruvchilar talablariga javob beradigan pedagog kadirlarni tayyorlash, pedagogik-kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda milliy va hududiy modellarni yaratish hamda amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratib kelmoqda. U Buxoro davlat pedagogika institutining viloyatdagi barcha ta'lim subyektlari, maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalarining o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish bo`yicha o`z taklif va tavsiyalarini taqdim qilib kelmoqda. Shuningdek, Buxoro davlat pedagogika institutining Buxoro shahridagi bir qator "maktab-laboratoriyalari” va Olis hududlardagi ta’lim tashkiloti o’quvchilarini qo’shimcha onlayn o’qitishni tashkil qilishda faol qatnashib, ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish, ta'lim sifatini yaxshilash, pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirish bo`yicha tavsiyalar berib, Buxoro viloyati tuman va shaharlarida o`quvchilarga metodik xizmat ko`rsatib kelmoqda.

Telefon raqam:
-
Web of Science ResearcherID:
MZR-9289-2025
Scopus:
Halim Murodov
OrcId:
0000-0001-5564-8531
Google scholar:
Google scholar

None

Tarixchi, tarix fani o'qituvchisi

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, Phd

"Shuhrat" medali

Jahon tarixi, O'zbekiston tarixi va boshqalar

T/r Jurnal nomi Maqola mavzusi Yil Ko'rish
1 International Journal Of History And Political Sciences The First Private Handicraft Workshop 2024 Ko'rish
2 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali XX asr oxiri - XXI asr boshida Markaziy Osiyo turizmi (O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida) 2024 Ko'rish
3 SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY 2025/4 (121) O’ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING YO’LGA QO’YILISHI (1993-1997-yillar misolida) 2024 Ko'rish
4 "Tamaddun nuri" jurnali “Sitora” sayyohlik firmasi tarixiga bir nazar 2024 Ko'rish
5 SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY VIZA – TURIZM SIYOSATI UCHUN KENG QULAYLIK OMILI 2024 Ko'rish
6 International Journal Of History And Political Sciences International Relations of Turkestan Jadids 2024 Ko'rish
7 International Journal Of History And Political Sciences International Relations of Turkestan Jadids 2024 Ko'rish
T/r Sertifikat nomi Ko'rish
1 Педагогик фаолиятда рақамли компетенциялар" masofaviy kursi, 24 soatlik Ko'rish
2 "Педагогик маҳорат" masofaviy kursi, 36 soat Ko'rish
T/r Loyiha nomi Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish
1 Jahon tarixi Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish
1 Buxoroda turizmning rivojlanishi tarixi Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

Bog'lanish

Savol va takliflar uchun