Dotsent, PHD
Jumayev Ruzokul Xoliqulovbich 1990-yil 01-aprel kuni Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 2013-yil Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi bakalavr, 2016-yil Buxoro davlat universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. 2016-yilda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetiga o’qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2021-yilda Buxoro davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimiga faoliyat olib borgan. 2022-yil sentabr oyida Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Buxoro davlat Pedagogika instititi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2012-2025-yillar davomida 2 ta o’quv qo’llanma, 3 ta darslik, 2 ta monografiya, Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarida 18 ta ilmiy maqola, 20 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Xalq ta’limi vazirligi tomonidam ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktablar uchun 2-sinf ‘‘Ona tili va o’qish savodxonligi’’ (Саводомӯзии забони модарӣ ва хониш) va 7-sinf adabiyot darsligiga taqrizchi, Tojik tili metodikasi (Ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktablarning 6,7,10-sinf o’qitivchilari uchun qo’llanma) musahhih, 10-sinf Biologiya darsligiga (tojik tilida) musahhih, 7-sinf texnologiya darsligiga (tojik tilida) mas’ul muharrir, Tojik tili darsligiga (Ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktablarning 6,7-sinflar uchun darslik) musahhih sifatida ishtirok etgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun mo‘ljallangan ‘‘Informatika va axborot texnologiyalari’’ darsligini tojik tiliga tarjima qilgan. Ushbu o‘zgartirilgan nashrga Cambridge University Press nashriyotining mulki bo‘lgan va litsenziya asosida foydalanilgan asl ma’lumotlar kiritilgan. Ushbu darslik AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi yordamida 7201151CA00004-sonli Hamkorlik kelishuvi doirasida 2024-yil chop etilgan. 2024-yil Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSC.03/05.05.2023.FIL.02.11 raqamli ilmiy kengashida 10.00.05-Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo'yicha f.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2025-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PK QT va ularning MO tarmoq markazida malaka oshirgan.
None
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
f.f.f.d.(PhD) dotsent
Yo'q.
1.Ona tili o'qitish metodikasi 2.Husnixat va uni o'qitish metodikasi 3.Husnixat o'qitish texnologiyasi
| T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar | Sadriddin Ayniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari | 2024 | Ko'rish |
| 2 | Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi | Sadriddin Ayniy asarlarida turkiy-o‘zbekcha qatlamga mansub toponimlar | 2024 | Ko'rish |
| 3 | Til va adabiyot ta’limi | Sadriddin Ayniy asarlaridagi joy nomlarining tahlili | 2024 | Ko'rish |
| 4 | Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd) | Homonyms and their Classification in Sadriddin Ayni’s Works | 2024 | Ko'rish |
| 5 | Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi | Sadriddin Ayniy asarlaridagi arabcha toponimlar | 2024 | Ko'rish |
| 6 | Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar | Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda ertaklar o‘rni | 2024 | Ko'rish |
| 7 | Pedagogik mahorat | Joy nomlarining tarkibiy tahlil usullari | 2024 | Ko'rish |
| 8 | Pedagogik mahorat | Sadriddin Ayniyning Odina qissasida nom qo‘yish san’ati | 2024 | Ko'rish |
| 9 | EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) – Peer Reviewed Journal | The names of places associated with folk crafts in Sadriddin Aini’s “Memories | 2024 | Ko'rish |
| 10 | Middle European Scientific Bulletin | Toponymics-a Linguistic Phenomenon in The Work of Sadriddin Aini | 2024 | Ko'rish |
| 11 | Middle European Scientific Bulletin | Influence of Sadriddin Aini life and works in spiritual and moral development | 2024 | Ko'rish |
| 12 | Ilm sarchashmalari | Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar” asarida oykonim turlarining qo‘llanishi | 2024 | Ko'rish |
| 13 | European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) | Using anthropometric units in “Esdaliklar” by Sadriddin Ayniy | 2024 | Ko'rish |
| 14 | Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar | Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar” asarida antroponimlarning leksik qatlamlari | 2024 | Ko'rish |
| 15 | European international journal of pedagogics | Pedagogical views of Sadriddin Ayni on the education of the younger generation | 2024 | Ko'rish |
| 16 | Ta’lim transformatsiyasi. Ilmiy-metodik jurnal | 3-sinf o’qish savodxonligi darsligidagi “Chin do‘st” ertagini kreativ tahlil qilish usullari | 2024 | Ko'rish |
| 17 | Maktabgacha va maktab ta’limi. Pedagogik, psixometodologik va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan ilmiy jurnal | Birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga samarali moslashtirish | 2024 | Ko'rish |
| 18 | AMERICAN Journal of Science on Integration and Human Development | The essence, types, and distinctive features of project-based learning | 2024 | Ko'rish |
| T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish |
|---|---|---|
| 1 | "Педагогик фаолиятда рақамли компетенциялар | Ko'rish |
| 2 | Педагогик маҳорат | Ko'rish |
| 3 | Кредит-модуль тизими асосида таълим жараёнларини ташкил этиш | Ko'rish |
| 4 | Касбий одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этиш, манфаатлар тўқнашувини бартараф қилиш ва коррупцияга қарши курашишнинг бошқа йўналишлари | Ko'rish |
| 5 | Инглиз тили | Ko'rish |
| 6 | Масофавий таълимни ташкил этиш технологиялари | Ko'rish |
| T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
|---|