Google Tarjimon
(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
Times Higter EducationHE Higher Education Ranking 2026 EditionGreen MetricStudy in Uzbekistan

Abituriyentlar

Qabul, hujjat topshirish, imtihonlar va ta'lim yo'nalishlari bo'yicha savollar.

Savollar

5 ta savol

  • Bakalavriatga hujjat topshirish uchun qayerda ro‘yxatdan o‘taman?

    Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga qabul ikki bosqichda — «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida o‘tkaziladi.

    1. 1-bosqich — ro‘yxatdan o‘tish. Abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida test sinoviga onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va fanlar majmuasi, ta’lim tili hamda test topshirish hududini tanlaydi.
    2. Kasbiy (ijodiy) imtihon talab etiladigan yo‘nalishga kirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim tili, test topshirish hududi, yo‘nalish va kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliy ta’lim tashkiloti tanlanadi.
    3. 2-bosqich — tanlov. Kirish imtihonlari to‘liq yakunlangach, 15 kun davomida my.uzbmb.uz orqali oliy ta’lim tashkiloti, yo‘nalish, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligi belgilanadi.

    Kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Institutning qabulga oid e’lonlarini sayt va Telegram kanali orqali kuzatib boring.

  • Institutga qabul qanday amalga oshiriladi?

    Institutga qabul har yili O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda, davlat tomonidan tasdiqlangan qabul kvotalari asosida o‘tkaziladi. Qabul muddatlari va shartlari haqidagi rasmiy e’lonlar saytda chop etiladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun (365) 226-10-97 telefoni yoki buxdpi@buxdpi.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

  • Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi va Koreys tili yo‘nalishiga qabul bormi?

    2026/2027-o‘quv yili uchun institut quyidagi yo‘nalishlarga qabul e’lon qilgan:

    • Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi: 60540100 — Matematika; 60610500 — Sun’iy intellekt; 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari.
    • Xorijiy til va adabiyot: Koreys tili — 60110900.

    E’lonlarga ko‘ra, oliy maktabda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyalari, Koreys tili yo‘nalishida esa lingafon va multimedia xonalari, xalqaro almashinuv va akademik mobillik dasturlari hamda xalqaro sertifikatga tayyorgarlik nazarda tutilgan. Ma’lumot uchun telefon: (65) 226-05-97.

  • Ijodiy imtihon dasturi, baholash mezonlari va manzillarini qayerdan topaman?

    Imtihonga tayyorgarlikni dastur va baholash mezonlari bilan tanishishdan boshlang.

  • Test natijamni va talabalikka tavsiya etilganimni qachon bilaman?
    • Test ballari: test sinovida to‘plangan ballarni imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga bilish mumkin.
    • Tavsiya natijasi: talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganingiz qabulning 2-bosqichi to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

    Institutda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari uchun alohida «Ijodiy imtihonlar natijalari» sahifasi mavjud.

Savolingizga javob topa olmadingizmi?

Institutning mas'ul bo'limlariga murojaat qiling va kerakli yordamni oling.