Google Tarjimon
(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
Times Higter EducationHE Higher Education Ranking 2026 EditionGreen MetricStudy in Uzbekistan

Yordam markazi

Sizga qanday yordam bera olamiz?

Institut faoliyati, ta'lim jarayonlari va elektron xizmatlarga oid savollaringizga javob toping.

Mashhur mavzular:Abituriyentlar
  • 5ta savol-javob
  • 1ta bo'lim

Bo'limlar bo'yicha savollar

O'zingizga tegishli bo'limni tanlang — savollar mavzular bo'yicha guruhlangan.

  • Abituriyentlar

    Qabul, hujjat topshirish, imtihonlar va ta'lim yo'nalishlari bo'yicha savollar.

    5 ta savol
  • Talabalar

    O'quv jarayoni, stipendiya, yotoqxona, HEMIS va talabalar hayoti.

    Tez orada
  • Magistratura

    Magistraturaga qabul, o'qish tartibi va dissertatsiya bo'yicha savollar.

    Tez orada
  • Doktorantura

    Tayanch doktorantura, doktorantura, ilmiy daraja va himoya jarayonlari.

    Tez orada
  • Xorijiy talabalar

    Xorijiy fuqarolar uchun qabul, viza, ro'yxatdan o'tish va yashash masalalari.

    Tez orada
  • Elektron xizmatlar

    HEMIS, elektron kutubxona, kabinet va boshqa onlayn xizmatlardan foydalanish.

    Tez orada
  • Murojaatlar

    Ariza, taklif va shikoyat yuborish, ko'rib chiqish muddatlari va holatini kuzatish.

    Tez orada
  • Umumiy savollar

    Institut, uning faoliyati, manzili va aloqa ma'lumotlari haqida.

    Tez orada

Ko'p so'raladigan savollar

Eng ko'p o'qilgan va tavsiya etilgan javoblar.

  • Abituriyentlar Bakalavriatga hujjat topshirish uchun qayerda ro‘yxatdan o‘taman?

    Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga qabul ikki bosqichda — «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida o‘tkaziladi.

    1. 1-bosqich — ro‘yxatdan o‘tish. Abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida test sinoviga onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va fanlar majmuasi, ta’lim tili hamda test topshirish hududini tanlaydi.
    2. Kasbiy (ijodiy) imtihon talab etiladigan yo‘nalishga kirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim tili, test topshirish hududi, yo‘nalish va kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliy ta’lim tashkiloti tanlanadi.
    3. 2-bosqich — tanlov. Kirish imtihonlari to‘liq yakunlangach, 15 kun davomida my.uzbmb.uz orqali oliy ta’lim tashkiloti, yo‘nalish, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligi belgilanadi.

    Kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Institutning qabulga oid e’lonlarini sayt va Telegram kanali orqali kuzatib boring.

  • Abituriyentlar Institutga qabul qanday amalga oshiriladi?

    Institutga qabul har yili O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda, davlat tomonidan tasdiqlangan qabul kvotalari asosida o‘tkaziladi. Qabul muddatlari va shartlari haqidagi rasmiy e’lonlar saytda chop etiladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun (365) 226-10-97 telefoni yoki buxdpi@buxdpi.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

  • Abituriyentlar Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi va Koreys tili yo‘nalishiga qabul bormi?

    2026/2027-o‘quv yili uchun institut quyidagi yo‘nalishlarga qabul e’lon qilgan:

    • Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi: 60540100 — Matematika; 60610500 — Sun’iy intellekt; 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari.
    • Xorijiy til va adabiyot: Koreys tili — 60110900.

    E’lonlarga ko‘ra, oliy maktabda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyalari, Koreys tili yo‘nalishida esa lingafon va multimedia xonalari, xalqaro almashinuv va akademik mobillik dasturlari hamda xalqaro sertifikatga tayyorgarlik nazarda tutilgan. Ma’lumot uchun telefon: (65) 226-05-97.

  • Abituriyentlar Ijodiy imtihon dasturi, baholash mezonlari va manzillarini qayerdan topaman?

    Imtihonga tayyorgarlikni dastur va baholash mezonlari bilan tanishishdan boshlang.

  • Abituriyentlar Test natijamni va talabalikka tavsiya etilganimni qachon bilaman?
    • Test ballari: test sinovida to‘plangan ballarni imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga bilish mumkin.
    • Tavsiya natijasi: talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganingiz qabulning 2-bosqichi to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

    Institutda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari uchun alohida «Ijodiy imtihonlar natijalari» sahifasi mavjud.

Savolingizga javob topa olmadingizmi?

Institutning mas'ul bo'limlariga murojaat qiling va kerakli yordamni oling.