Register for a Practical Training Course on Applying for International and Local Grants
1049views
Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish bo‘yicha amaliy o‘quv kursiga yozilish uchun
Buxoro davlat pedagogika instituti Inkubatsiya markazi professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalarni "Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish" mavzusidagi amaliy o‘quv kursida ishtirok etishga taklif etadi.
Kurs davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
• Xalqaro va mahalliy grant dasturlarini izlash usullari;
• Erasmus+, Horizon Europe, British Council, DAAD, KOICA, JICA va boshqa grant dasturlari imkoniyatlari;
• Grant loyihasi g‘oyasini ishlab chiqish;
• Grant arizasini to‘g‘ri va samarali tayyorlash;
• Loyiha byudjetini shakllantirish;
• Hamkor tashkilotlarni topish va konsorsium tuzish;
• Motivatsion xat va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash;
• Grant arizalarini topshirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ularni bartaraf etish.