Google Tarjimon
(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
Times Higter EducationHE Higher Education Ranking 2026 EditionGreen MetricStudy in Uzbekistan
shape
shape

Talabalar turar joyida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Talabalar turar joyida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Talabalar turar joyida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

☄️  ✅ Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umedjonova Malika Lukmanovna boshchiligida institut rahbariyati talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

🔊 Uchrashuv davomida talabalar yashash sharoitlari bilan tanishildi, ularning mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, Talabalar turar joyi kengashi a’zolari bilan suhbat tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli yo‘lga qo‘yish hamda ozodalik va tartib-intizomni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlariga quloq tutish va turar joydagi sharoitlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.