Google Tarjimon
(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
Times Higter EducationHE Higher Education Ranking 2026 EditionGreen MetricStudy in Uzbekistan
shape
shape

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Tadbirkorlik loyihalarini qo'llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror (PQ–210-son, 01.06.2026-y.) imzolandi.

Qarorga ko'ra, "Aloqabank" AT tomonidan "Yoshlar biznesi" dasturi doirasida 31 yoshga to'lmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz to'lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi:

Sug'urta polisi ta'minoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so'mgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar bo'yicha ajratish:

  • Yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni o'rganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi bo'yicha o'qish xarajatlarini moliyalashtirish uchun — 20 mln so'mgacha;
  • Zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do'konlar tashkil etish va o'zini o'zi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun — 50 mln so'mgacha;
  • Kasanachilik, to'qimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun — 50 mln so'mgacha;
  • Novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalariga — 100 mln so'mgacha.