shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor va sportchi yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi ☄️👍 Buxoro davlat pedagogika institutida rektor Bahodir Ma’murov hamda sportchi yoshlar ishtiroki

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida rektor va sportchi yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi ☄️👍 Buxoro davlat pedagogika institutida rektor Bahodir Ma’murov hamda sportchi yoshlar ishtiroki
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor va sportchi yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi ☄️👍 Buxoro davlat pedagogika institutida rektor Bahodir Ma’murov hamda sportchi yoshlar ishtiroki

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor Bahodir Ma’murov hamda sportchi yoshlar ishtirokida samimiy ruhdagi ochiq muloqot va uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir O‘zbekiston kubogi musobaqasida yunon-rum kurashi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan iqtidorli sportchilar — Jumaboyev Jamol va Barnoyev Behruz ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning erishayotgan yutuqlarini munosib e’tirof etish, hamda kelgusidagi rejalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida rektor tomonidan sportchilarning intizomi, mehnatsevarligi va erishgan natijalari alohida e’tirof etilib, bunday yutuqlar institut yoshlari uchun katta ibrat ekani ta’kidlandi. Shuningdek, institutda sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni professional darajaga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham fikr almashildi.
Samimiy muloqot jarayonida talabalar sportchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ularning sportdagi tajribasi, tayyorgarlik jarayoni va motivatsiyasi haqida batafsil javoblar oldilar. Bu esa uchrashuvning yanada jonli, mazmunli va foydali o‘tishiga xizmat qildi.
Mazkur ochiq muloqot yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda yangi marralar sari intilishiga turtki berdi.