shape
shape

Yashil Makon: Ekologik barqarorlik va umummilliy mas’uliyat

  • Bosh sahifa
  • Yashil Makon: Ekologik barqarorlik va umummilliy mas’uliyat
Event Image

Yashil Makon: Ekologik barqarorlik va umummilliy mas’uliyat

Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar hamjihatlikda oliygoh hududining iqlim sharoitiga mos keluvchi yangi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.
Ushbu tashabbus nafaqat hududning estetik qiyofasini yaxshilash, balki atmosfera havosini musaffo saqlash, yashil maydonlarni kengaytirish va jamoada ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan strategik qadamdir. BuxDPI jamoasi tabiatni asrash va kelajak avlod uchun munosib ekologik muhit yaratish yo‘lidagi bunday ezgu amallarda doimiy faollik ko‘rsatib kelmoqda.