


Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan “Türkiye Scholarships 2026” dasturiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi.
🔊 Tadbir davomida talabalar va yosh tadqiqotchilarga Turkiya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari, “Türkiye Scholarships” stipendiya dasturining afzalliklari, hujjat topshirish jarayoni hamda tanlov mezonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur masalalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
🔴 Taqdimot jarayonida berilgan savollar asosan magistratura va doktorantura yo‘nalishlari, ta’lim tili, grant imkoniyatlari hamda qabul jarayoniga oid bo‘lib, ularga mutaxassis G.R. Mirxanova tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi. Shuningdek, u kishi dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur tadbir yoshlarning xalqaro ta’lim dasturlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.