shape
shape

Rasmiy munosabat

Event Image

Rasmiy munosabat

Buxoro davlat pedagogika institutida xodimlardan badantarbiya tadbirlarida ishtirok etmagani uchun tushuntirish xati olinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Institutda oʻtkaziladigan tadbirlar xodimlarning sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, ularda ishtirok etish tavsiyaviy xarakterga ega.
Xodimlardan tushuntirish xatlari talab qilinishi majburiy tarzda emas, balki tashkiliy intizom doirasida ayrim holatlarda soʻralgan boʻlishi mumkin. Bu jarayon mehnat qonunchiligi va ichki tartib-qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Majburlash holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar bunday holatlar kuzatilsa, tegishli tartibda murojaat qilish soʻraladi.
Buxoro davlat pedagogika instituti matbuot kotibi F.Fayziyev