


"Oyda bir kitob" ko‘rik-tanlovi — bilim va ma’naviyat bayrami!
Buxoro davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida aprel oyida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Oyda bir kitob” ko‘rik-tanlovi navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyat sari ruhlantirishdan iborat.
Tanlovda faol ishtirok etgan talabalar o‘z bilimlari, keng dunyoqarashi va kitobga bo‘lgan mehrlarini namoyon etib, quyidagi natijalarga erishdilar:
1-o‘rin — Allabergenova Roza Zaxitjon qizi
2-o‘rin — Sheraliyeva Marjona Sherzod qizi
3-o‘rin — Izzatullayeva Farangiz Mirzohid qizi
G‘oliblar munosib ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, quyidagi talabalar tanlovda faol ishtirok etganliklari uchun Tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi:
Nurxonov Ibrat Jahon o‘g‘li
Egamberdiyeva Qizlarxon Axmatjonovna
Muxtorova Ruxshona Ravshan qizi
Sa’dullayeva Sarvinoz Akbarovna
Bunday tanlovlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish va ma’naviy barkamollikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.