shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti laboratoriyasida inkubatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi!

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti laboratoriyasida inkubatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi!
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti laboratoriyasida inkubatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi!

Buxoro davlat pedagogika instituti laboratoriyasida tovuq tuxumlarini inkubatsiya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Tajriba 36 dona tuxum bilan boshlanib, yakunda 93% chiqim ko‘rsatkichiga erishildi. Natijada sog‘lom va faol jo‘jalar olindi. Jarayon zamonaviy inkubator qurilmalari asosida, optimal harorat va namlik rejimiga qat’iy rioya etilgan holda olib borildi. Inkubatsiyada asosan Bramma gigant zotiga mansub tuxumlar ishlatildi. 21 kunlik jarayon yakunida sog‘lom jo‘jalar olindi.

Jarayon Biologiya kafedrasi o‘qituvchilari nazorati ostida, Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida olib borildi. Talabalar inkubatsiya jarayonini amalda boshqarish, natijalarni monitoring qilish va tahlil etish bo‘yicha real tajriba orttirdilar. Ushbu amaliy ish ularga parrandachilik texnologiyasini chuqur o‘zlashtirish hamda ilmiy yondashuv asosida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur amaliy ish inkubatsiya samaradorligini oshirish va turli zotlar bilan tajribalarni kengaytirish bo‘yicha keyingi tadqiqotlar uchun asos yaratadi. BuxDPI jamoasi laboratoriya faoliyati orqali talabalarni real ilmiy jarayonlarga jalb etish va ularning amaliy hamda tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlarni davom ettirmoqda.