shape
shape

Turkiya Respublikasining Dicle universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

  • Bosh sahifa
  • Turkiya Respublikasining Dicle universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi
Event Image

Turkiya Respublikasining Dicle universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasining Dicle universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi 

Turkiya Respublikasining Dicle universiteti rektor maslahatchisi Dr. Mustafa Uğurlu Arslan, Turk tili va adabiyoti boʻlimi boshligʻi, professor, Dr. Ahmet Tanyıldız hamda Ta’lim fakulteti dekan oʻrinbosari, Dr. Özkan Ciğa Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashishdi. 
Uchrashuvda ikki oliygoh oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Erasmus+ dasturi asosida olib borilayotgan faoliyat masalalari muhokama qilindi. 

Universitetning Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti boʻlimi talabalariga oʻzbek tili darslarini olib borish taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi.Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning oʻzaro hamkorlikda ilmiy faoliyat olib borishlari, magistratura talabalariga qoʻsh ilmiy rahbarlik qilishni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.